Jurnalistlar kasbiy etikasi kodeksi loyihasi muhokama qilindi
Qaşqadaryo viloyat jurnalistlar uyuşmasi taşabbusi bilan Qarşi davlat texnika universitetida “Özbekiston jurnalistlarining kasbiy etikasi kodeksi” loyihasi muhokamasiga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi. Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan bir guruh jurnalistlar iştirok etdi.
Tadbirda jurnalistika sohasida kasbiy etika meʼyorlarini takomillaştiriş, ommaviy axborot vositalarida masʼuliyat, xolislik va kasbiy mustaqillik tamoyillariga rioya etiş masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, kodeks loyihasida jurnalist faoliyatining işonçlilik va aniqlik, xolislik, faktlarni fikr-mulohazalardan ajratiş, inson qadr-qimmati va şaxsiy hayotiga hurmat, manbalar maxfiyligi hamda manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik kabi asosiy tamoyillari öz ifodasini topgan.

Şuningdek, bolalar va alohida himoyaga muhtoj şaxslar iştirokidagi voqealarni yoritiş, sud jarayonlarida aybsizlik prezumpsiyasiga amal qiliş, notöğri axborotni öz vaqtida tuzatiş, plagiat va soxta maʼlumotlar tarqatişning oldini oliş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Muhokama davomida raqamli muhitda jurnalist masʼuliyati, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş meʼyorlari hamda jurnalistlarning kasbiy va raqamli xavfsizligini taʼminlaşga oid takliflar ham körib çiqildi.

Loyihada Özbekiston Jurnalistlari uyuşmasi huzurida Etika komissiyasini taşkil etiş, uning şikoyatlarni körib çiqiş, OAV va murojaat etuvçilar örtasidagi nizolarni hal etişga kömaklaşiş böyiça vakolatlarini belgilaş ham nazarda tutilgan.
Tadbirda kodeks loyihasi hali yakuniy hujjat emasligi, uni takomillaştirişda jurnalistlar hamjamiyatining fikr va takliflari muhim ahamiyat kasb etişi taʼkidlandi.
Mazkur muhokama jurnalistikada kasbiy masʼuliyat va etik meʼyorlarni mustahkamlaş, sohada özini özi tartibga soliş mexanizmlarini rivojlantiriş borasidagi fikr almaşiş maydoni böldi.
Ölmas Barotov, ÖzA muxbiri