UNICEF: Ebola xotin-qizlarga köproq xavf solmoqda
Kongo Demokratik Respublikasida Ebola epidemiyasi aholi, ayniqsa ayollar va qizlar hayotiga jiddiy taʼsir körsatmoqda. Bu haqda BMT Jenevadagi bölimida ötkazilgan brifingda UNICEF Ebolaga qarşi kuraş böyiça global rahbari Duglas Nobl maʼlum qildi.
Ekspert may oyidan buyon kasallik tarqalişini jilovlaş böyiça sezilarli natijaga erişilganiga eʼtibor qaratgan. Binobarin, epidemiyaning oilalar va mahalliy jamoalarga taʼsiri tobora kuçaymoqda. Mamlakatda har 10 kişidan 7 nafari ixotalangan, karantinga olingan yoki kasallanganlar bilan aloqada bölganlarni kuzatiş çorasi qöllanayotgan xonadonlarda yaşaydi.
Nobl qayd etişiça, karantin va kontaktni kuzatiş virus tarqalişining oldini oliş uçun juda muhim. Afsuski, bunday çora oilalarga jiddiy bosim ötkazmoqda. Ayniqsa, ayollar va qizlar köproq zarar köryapti. Şuningdek, mamlakatda qurolli zöravonlik kuçayişi va Ebola bilan boğliq qörquv ojizalar erkin harakatlanişini çeklamoqda. Natijada ular tazyiq va zöravonlikka nisbatan yanada himoyasiz bölib qolyapti.
UNICEF hamkor taşkilotlar bilan birga iyun oyidan buyon Ituri va Şimoliy Kivu viloyatlarida gender zöravonligidan jabr körgan 3 300 kişiga yordam körsatdi. Baribir, ayollar va bolalar muhofazasi epidemiyaga qarşi kuraşda eng kam moliyalaştirilayotgan yönalişdir: mablağ yetişmovçiligi 76 foizni taşkil etmoqda.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA