Mujtoba Firdavspur: Eron qamalda ekan, Hurmuzdan begona kema ötmaydi
Eron qamalda ekan, Hurmuz böğozidan boşqa davlatlar kemalari erkin ötişi adolatsiz va noqonuniy, dedi Qohiradagi Eron manfaati bölimi rahbari Mujtoba Firdavspur "RIA Novosti" agentligiga bergan intervyusida.
– Böğoz faqat Eron uçun yopiq bölgani holda, hamma uçun oçiq qolişi adolatsiz va noqonuniy, – dedi eronlik diplomat.
Uning sözlariga köra, Eron asrlar davomida Hurmuz böğozida kema harakati erkinligini kafolatlab kelgan. Hozir esa sanksiya va neft eksportiga taqiq qöyilgani bois, BMT Nizomiga muvofiq, öz suv yölini nazorat qiliş orqali mamlakatni barça mavjud vositalar bilan himoya qiliş huquqiga ega.
– Amerika tomonining kema harakati aynan AQŞ tufayli oçiqligi töğrisidagi daʼvosiga kelsak, bu haqiqatni qöpol ravişda buzib körsatişdir, – dedi Firdavspur. – U Hurmuzdagi haqiqiy tahdid mintaqada noqonuniy xorijiy harbiylar mavjudligini taʼkidladi.
Mulozim Qizil dengizdagi vaziyatga töxtalib, mintaqa xavfsizligi qirğoq böyi davlatlari zimmasida qolişi kerakligiga urğu berdi.
Eron va Qöşma Ştatlar örtasidagi mojaro tufayli neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan tabiiy gazni jahon bozoriga yetkazib berişning asosiy yöli hisoblangan Hurmuz orqali yuk taşiş deyarli töxtagan.
S.Rahimov, ÖzA