Ukrainada 2022-yildan beri Rossiya bilan boğliq köçalarning 96 foizi qayta nomlandi
"RIA Novosti" yozişiça, Rossiyaga qarşi "Dekolonizatsiya. Ukraina" harakati maʼlumotiga köra, tadqiqot davri boşida 31 769 köça Rossiya va sobiq ittifoq tarixi bilan boğliq nomga ega edi. Hozir Kiyev nazoratidagi hududlarda 1 134 şunday köça mavjud. Bu – umumiy sonning 3,6 foizi.
Demak, jami 30 635 – 96,4 foiz köça qayta nomlandi. Xullas, Ukrainada yaqin tarix va madaniyat namoyandalari şaraflangan atamalar özgartirilmoqda.
Muayyan yodgorliklarni qayta quriş, köça nomi va belgilarni tuzatiş mamlakatda 2015-yil dekommunizatsiya qonuni qabul qilingandan söng boşlangan. Keyinçalik nafaqat sovet tarixi, balki Rossiya bilan boğliq har qanday atama özgara boşladi.
S.Rahimov, ÖzA