Kombinat tuzilmalari mavsumga şay
Mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakçi korxonalaridan biri bölgan “Navoiy kon – metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida nafaqat işlab çiqariş körsatkiçlarini bajariş, balki korxonalar va işçi-xodimlar uçun xavfsiz hamda barqaror mehnat şaroitlarini yaratişga ham alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Ayni paytda kombinatda kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş, işlab çiqariş quvvatlarining past haroratlarda ham uzluksiz işlaşi hamda ijtimoiy soha obʼektlarini issiqlik bilan taʼminlaş borasida ham tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
– Kombinatimizda mavsumga tayyorgarlik işlari erta bahordan boşlangan bölib, bugungi kunda belgilangan barça tadbirlar töliq va sifatli yakuniga yetkazilgan, – deydi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boş energetik örinbosari Ikromjon Şukurulayev. – Jumladan, işlab çiqariş va texnologik obʼektlar barqarorligini taʼminlaş maqsadida, kombinat tarkibidagi barça gidrometallurgiya zavodlari, konlar, maydalaş va saralaş majmualari qiş mavsumiga şay holatga keltirildi. Past haroratda texnologik jarayonlarning töxtab qolmasligi uçun oçiq konlardagi oğir texnikalar, temir yöl transporti tarmoqlari va konveyer tizimlari maxsus sovuqqa çidamli moylaş materiallari hamda texnik vositalar bilan taʼminlandi. Energiya va issiqlik taʼminoti tizimining uzluksiz işlaşini taʼminlaş, mavsum davomida energiya yöqotişlarining oldini oliş maqsadida 401 kilometr uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlari, 176 ta transformator nimstansiyalari mukammal taʼmirlandi. Kombinat tasarrufidagi issiqlik markazlari va 22 ta qozonxona töliq körikdan ötkazilib, zarur yoqilği (kömir, mazut va peç yoqilğisi) zaxiralari yaratildi. Zaxiralar tasdiqlangan rejaga muvofiq jamğarilgan.
Kombinatda ijtimoiy soha va xodimlar xavfsizligini taʼminlaş, işçi-xodimlarning maişiy şaroitlarini yaxşilaş maqsadida barça işçilar şaharçalari (vaxta şaharçalari), oşxonalar va yuviniş xonalarining issiqlik tizimlari sozlandi. Şuningdek, konçilar va metallurglar qişki maxsus iş kiyimlari hamda şaxsiy himoya vositalari bilan töliq taʼminlandi.
Maxsus texnikalar şayligi va favqulodda holatlar nazoratini izçil taʼminlaş uçun qorli va izğirinli kunlarda yöllar xavfsizligini taʼminlaş, kon içki yöllarini tozalaş uçun möljallangan maxsus yöl-quriliş texnikalari şay holatga keltirildi. Zarur miqdorda qum-tuz aralaşmalari jamğarildi. Har bir boşqarma va sexlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulay ob-havo şaroitlari oqibatlarini tezkor bartaraf etiş maqsadida 24 soatlik navbatçilik ştablari taşkil etildi.
Albatta, körilgan tezkor va tizimli çora-tadbirlar qişning eng ayozli kunlarida ham işlab çiqariş surʼatini susaytirmaslikka va belgilangan rejalarni öz vaqtida bajarilişiga xizmat qiladi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri