Turkiya Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozida tranzit to‘lovini oshirdi
Turkiya transport va infratuzilma vazirligi “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida Turkiya rasmiylari Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari orqali kemalar uchun tranzit to‘lovini deyarli 15 foizga, ya’ni tonnasi uchun 6,7 dollarga oshirganini ma’lum qildi.
Statistikaga ko‘ra, 2025-yil iyulidan 2026-yil 30-iyuniga qadar bo‘g‘ozlar tranzit to‘lovi uchun 254 million dollar oladi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 31 million dollarga ko‘p. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda Bosfor bo‘g‘ozi orqali 40 000 dan ortiq kema o‘tgan. Ularning taxminan 70 foizi konteyner, quruq yuk kemalari va tankerlardan iborat.
Turkiyaning Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan kemalar uchun tranzit to‘lovi har yili 1-iyulda belgilanadi. 1983-yildan 2022-yilgacha tranzit to‘lovi o‘zgarishsiz qolgan va bir tonna uchun 0,80 dollarni tashkil etgan.
S.Rahimov, O‘zA