Tbilisi — tarix va zamonaviylik uyg‘unlashgan shahar
FOTOREPORTAJ
Gruziya poytaxti Tbilisi Sharq va G‘arb madaniyati tutashgan, o‘ziga xos qiyofaga ega shahar sifatida sayyohlar e’tiborini tortib keladi. Qadimiy va zamonaviy me’moriy yechimlar uyg‘unlashgan bu maskanda tarix nafasi, milliy an’analar va bugungi shiddatli hayot bir-biri bilan chambarchas bog‘langan.
Shaharning eski qismi tor ko‘chalari, naqshin ayvonli uylari, qadimiy ibodatgohlari va tarixiy binolari bilan ajralib turadi. Kura daryosi bo‘ylab qad rostlagan Tbilisida zamonaviy inshootlar, ko‘rkam bog‘lar va sayyohlar gavjum ko‘chalar shaharga yanada joziba bag‘ishlaydi.
[gallery-30217]
Tbilisi nafaqat Gruziyaning siyosiy va iqtisodiy markazi, balki boy tarixiy merosi, mehmondo‘st muhiti va betakror shahar manzaralari bilan ham alohida ahamiyatga ega. Bu yerda har bir ko‘cha, har bir maydon va har bir tarixiy obida o‘tmish va bugunni o‘zaro bog‘lab turadi.
Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA