Trent Aleksander-Arnold: «Liverpul mening uyim»
Angliyalik himoyachi 2025-yil yozida «qizillar» safini tark etib, «Real»ga qo‘shilgandi.
Madridning «Real» klubi futbolchisi Trent Aleksander-Arnold sobiq jamoasi «Liverpul»dagi voqealarni hamon muntazam kuzatib borishini aytdi.
Angliyalik himoyachi 2025-yil yozida «qizillar» safini tark etib, «Real»ga qo‘shilgandi.
“Men hamon «Liverpul»ning barcha o‘yinlarini tomosha qilaman, jamoani qo‘llab-quvvatlayman va unga doimo muvaffaqiyat tilayman. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, qalbimda «Liverpul» uchun alohida joy bo‘ladi. Bu mening uyim. Klub men uchun qilgan barcha ishlarni doimo qadrlayman”, — dedi Aleksander-Arnold Mirror nashriga bergan intervyusida.
Trent «Liverpul» safida Madridga ko‘chib o‘tguniga qadar 354 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
27 yoshli o‘ng qanot himoyachisining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilgacha mo‘ljallangan.