Mbappe 8 yildan so‘ng «Real»ning antirekordini takrorladi
Madrid klubida bunday natijani oxirgi bor Krishtianu Ronaldu qayd etgandi.
Kilian Mbappe La Liganing 1-turida «Real Madrid»ning «Espanyol»ga qarshi o‘yinida (2:1) gol ura olmadi.
Fransiyalik hujumchi raqib darvozasiga 10 ta zarba yo‘lladi, shundan 3 tasi darvoza tomon aniq bordi. Biroq u uchrashuvni golsiz yakunladi.
The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe 2018-yildan beri La Liga uchrashuvida 10 yoki undan ko‘p zarba berib, gol ura olmagan ilk «Real» futbolchisiga aylandi.
Madrid klubida bunday natijani oxirgi bor Krishtianu Ronaldu qayd etgandi. Portugaliyalik futbolchi 2018-yilda «Real»ni tark etgan.
«Real»ga g‘alabani 90-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Karlos Espe olib keldi. Uchrashuvdagi hisobni esa 9-daqiqada Jue Bellingem ochgandi.