Angliya 2038 yoki 2042-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilishni xohlamoqda
Inglizlarning jahon chempionatini qabul qilish g‘oyasini bosh vazir Endi Byorhem ham qo‘llab-quvvatlamoqda.
Angliya yana futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishni rejalashtirmoqda. Mamlakat tarixda faqat bir marta — 1966-yilda mundialni qabul qilgan va o‘sha turnirda Angliya terma jamoasi chempion bo‘lgan.
The Sun nashri xabariga ko‘ra, Angliyaning jahon chempionatini qabul qilish g‘oyasini bosh vazir Endi Byorhem ham qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mamlakat hukumati asosiy maqsad sifatida 2038-yilgi jahon chempionatini ko‘rmoqda. Agar bu rejani amalga oshirishning imkoni bo‘lmasa, Angliya 2042-yilgi mundial uchun da’vogarlik qilishi mumkin.
Hukumat jahon chempionatiga mezbonlik qilishni turizmni rivojlantirish uchun ham muhim imkoniyat sifatida baholamoqda.