«Inter» Lautaro Martinesni 100 million yevroga ham sotmaydi
Martinesning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyunigacha mo‘ljallangan.
Milanlik «Inter» hujumchisi Lautaro Martinesni hatto 100 million yevro evaziga ham sotishdan bosh tortmoqda. Klub «Barselona» bilan argentinalik futbolchi bo‘yicha muzokara olib borish niyatida emas. Bu haqda Marca xabar berdi.
«Barselona» 28 yoshli Martinesni «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning muqobil varianti sifatida ko‘rmoqda. Biroq manbaga ko‘ra, klublar o‘rtasida hozircha transfer bo‘yicha hech qanday muzokara boshlangan emas. «Inter» bu masalada muloqotga yopiq.
Martinesning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyunigacha mo‘ljallangan. Argentinalik futbolchi o‘tgan yilning may oyida «Inter»ni tark etish ehtimolini ommaviy ravishda istisno qilgandi. Klub prezidenti Juzeppe Marotta ham «Barselona» bilan muzokaralar olib borilayotganini qat’iyan rad etgan.
Shu bilan birga, OAV xabarlariga ko‘ra, «Inter» Martinesni taxminan 120 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lishi mumkin.