Tramp Tuxelning taktikasini tanqid qildi
Menimcha, uni himoyada o‘ynatish xato bo‘ldi.
AQSH prezidenti Donald Tramp JCH–2026 yarim finalida Angliyaning Argentinaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvidan so‘ng bosh murabbiy Tomas Tuxelning taktikasi haqida fikr bildirdi.
"Angliyada men golf o‘ynaydigan ajoyib futbolchi bor — Garri Keyn. U juda zo‘r futbolchi.
Menimcha, uni himoyada o‘ynatish xato bo‘ldi. Albatta, men futbolni qanchalik tushunaman? Hisobda oldinga chiqib olgach, jamoa o‘zining eng yaxshi futbolchisini deyarli himoyaga qaytardi.
Biroz hujumkorroq o‘ynash kerak emasmi? Lekin men murabbiylikni qanchalik tushunaman? Shunchaki bu qaror menga biroz g‘alati tuyuldi", — dedi Tramp FIFA prezidenti Janni Infantino bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, Angliya yarim finalda 55-daqiqada hisobni ochganiga qaramay, uchrashuvning 85 va 90+2-daqiqalarida gollar o‘tkazib yuborib, Argentinaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.