Tramp tangasi, Eron rejimi va Hurmuzdagi yangi xavf - Xorij xabarlari(+video)
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida AQSHda prezident Donald Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarilgani, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eron rejimi ag‘darilishi juda yaqinligini ma’lum qilgani, Suriya Bashar Asad davridan qolgan kimyoviy qurollarni yo‘q qilishni boshlagani hamda AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens Xitoy Eronni iqtisodiy jihatdan yakkalab qo‘yishda yordam berishga tayyorligini bildirgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir G‘azodagi falastinliklarni hududdan chiqarib yuborish rejasini ilgari surgani, Janubiy Koreya esa Hurmuz bo‘g‘oziga harbiy kuch yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, Salimjon Obidjonov, O‘zA