Hamdo‘stlik mamlakatlari Bokuda to‘plandi
Shu kunlarda Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha Maslahat kengashi 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jo‘rayev mamlakatimizning Kengashdagi raisligi yakunlari hamda 38-yig‘ilish qarorlari ijrosi yuzasidan ma’ruza qildi.
Ma’ruzada umumiy mehnat bozorini rivojlantirish, mehnatni me’yorlash sohasida raqamli transformatsiya, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va reabilitatsiya xizmatlarini takomillashtirish borasidagi ishlar ta’kidlandi. Ma’ruza yakunida O‘zbekiston Maslahat kengashidagi raislikni Ozarbayjonga topshirdi hamda hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, mazkur anjuman ishtirokchi davlatlar uchun aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish borasidagi eng ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni belgilab olish uchun muhim platforma vazifasini o‘tadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA