Toshkentda Osiyoning eng kuchli stol tennischilari bahslashmoqda
Bugun, 20-oktabr kuni poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da 33 ta davlatning mahoratli kichik raketka ustalari qatnashayotgan Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining ilk kunida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi barcha uchrashuvlarda muvaffaqiyatga erishdi.
Yurtimizning erkaklar terma jamoasi a’zolari esa 1 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat natijasini qayd etdi.

Mamlakatimiz ayollar terma jamoasi Iordaniya, Makao va Tojikiston vakillariga qarshi kechgan bahslarning barchasida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Erkaklar terma jamoamiz Turkmaniston vakillarini 3:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi uchrashuvda 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endi O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi navbatdagi bosqichda Tailand terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Osiyo chempionati musobaqalari 25-oktabrga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA