Paraosiyo o‘yinlari: Boymurod Yavkochev — chempion, Azimbek Abdullayev — kumush medal sohibi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida davom etayotgan Paraosiyo o‘yinlarida para velosportchilarimiz navbatdagi medallarni qo‘lga kiritdi.
V yozgi Paraosiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik para velosportchilar 4000 metrga yakka ta’qib poygasida oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Erkaklar o‘rtasida C5 klassidagi final bahsida Boymurod Yavkochev barcha raqiblaridan ustun kelib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Azimbek Abdullayev esa musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunlab, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bronza medali Birlashgan Arab Amirliklari vakiliga nasib etdi.
Shuningjek, Yorqinbek Odilov F57 klassida disk uloqtirish bahslarida 45,10 metr natija qayd etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA