Paraosiyo o‘yinlarida medallarimiz soni 29 taga yetdi
"Aichi–Nagoya–2026" Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston para yengil atletika terma jamoasi medallar shodasini taqdim etishda davom etmoqda.
Xususan, para yengil atletika dasturining bugungi bahslarida ayollar o‘rtasida nayza uloqtirish bo‘yicha F12/13 klassida Yoqutxon Xolbekova muvaffaqiyatli ishtirok etib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrashning T37/T38 klassida Sodiqjon Mamadiyev, yadro uloqtirishning F12 klassida esa Diyorbek Umarov bronza medal bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 29 taga yetdi. Hamyurtlarimiz hozirga qadar 6 ta oltin, 13 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA