Toşkentda Iordaniya Qirolining kitobi taqdim etildi
Toşkentdagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida Iordaniya Qiroli Abdulla II ning “Sönggi eng yaxşi imkoniyatimiz: tahlika davrida tinçlikka intiliş” kitobining taqdimoti ötkazildi.
Davra suhbatida Özbekiston va Iordaniya hamkorligi, Yaqin Şarqdagi vaziyat, mintaqaviy xavfsizlik hamda mojarolarni tinç yöl bilan hal etiş masalalari muhokama qilindi.
Institut direktori Javlon Vahobov kitobdagi boş ğoya – tinçlik uçun siyosiy iroda, işonç va izçil diplomatiya zarurligini taʼkidladi. Şuningdek, Falastin muammosini BMT rezolyutsiyalari va “ikki davlat” tamoyili asosida hal etiş Özbekistonning ham qatʼiy pozitsiyasi ekanini qayd etdi.
Iştirokçilar Iordaniyaning muvozanatli taşqi siyosati, dinlararo totuvlik va ekstremizmga qarşi kuraş tajribasini körib çiqdilar. Bundan taşqari, Markaziy Osiyo, Iordaniya va Fors körfazi davlatlari örtasida transport-logistika va qöşma iqtisodiy loyihalarni kengaytiriş istiqbollari muhokama etildi.
Tadbirda ikki davlat rasmiylari, diplomatlar, işbilarmonlar hamda Özbekiston, Iordaniya, Rossiya va Turkiya ekspertlari qatnaşdi.
[gallery-32570]
Dilşod HAKIMOV,
Oybek PARDAYEV (surat),
ÖzA