Davlat bayroği — milliy ğurur va birlik timsoli
Har bir xalqning milliy özligini, tarixi, orzu-intilişlari va kelajakka işonçini ifoda etuvçi muqaddas timsollari böladi. Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği ham ana şunday yuksak qadriyatlardan biri, milliy ğurur, mustaqillik va Vatanga sadoqat ramzidir.
18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun. Bu sana xalqimizning mustaqil davlat sifatida öz taqdirini özi belgilaş yölidagi tarixiy qadamlarini, milliy özlikni anglaş va ozodlik ğoyalarini yodga soladi.
1991-yil 18-noyabrda «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi qonunning qabul qilinişi mamlakatimiz mustaqilligining muhim huquqiy asoslaridan biri böldi. Davlat bayroği suverenitetimizning ramzi sifatida xalqimizning tarixi, milliy qadriyatlari, bugungi salohiyati va kelajakka intilişlarini özida mujassam etadi.
Bayroğimizdagi har bir rang va belgi çuqur ramziy maʼnoga ega. Moviy rang musaffo osmon, osoyiştalik va hayotbaxş suv timsoli bölsa, oq rang poklik, beğuborlik va ezgu niyatlarni anglatadi. Yaşil rang tabiatning uyğonişi, yangilaniş va yaşariş ramzidir.
Bayroqdagi qizil çiziqlar hayotiy kuç va tiriklikning uzluksizligini ifodalaydi. Yarim oy xalqimizning tarixiy anʼanalari va milliy qadriyatlarini, ön ikki yulduz esa qadimiy anʼanalar, mukammallik hamda yilning ön ikki oyini ramziy ifoda etadi.

Biroq Davlat bayroğining ahamiyati uning ranglari va ramziy belgilaridan ham kengroqdir. U millionlab yurtdoşlarimizni yagona Vatan, umumiy maqsad va muştarak kelajak atrofida birlaştiradi.
Mustaqillik tufayli xalqimiz öz davlat ramzlariga ega böldi, milliy qadriyatlarini tikladi va xalqaro maydonda öz örnini mustahkamlaş imkoniyatini qölga kiritdi. Bugun Özbekiston bayroği xalqaro minbarlarda, diplomatik uçraşuvlar va nufuzli anjumanlarda hilpirar ekan, unda butun xalqimizning şaʼni, ğururi va salohiyati namoyon böladi.
Ayniqsa, xalqaro sport musobaqalarida sportçilarimiz ğalaba qozonib, Vatan bayroğini baland kötargan lahzalar har bir yurtdoşimiz qalbida faxr va iftixor tuyğularini uyğotadi. Bu ğalabalar ortida yillar davomidagi maşaqqatli mehnat, izlaniş, iroda va yurt şaʼnini munosib himoya qiliş masʼuliyati mujassam.
Bayroqqa hurmat faqat tantanali marosimlar yoki xalqaro musobaqalarda namoyon bölmasligi kerak. Bu ehtirom, avvalo, kundalik hayotimizda, fuqarolik pozitsiyamizda va Vatan oldidagi burçimizni qay darajada ado etayotganimizda aks etişi lozim. Zero, davlat ramzlariga hurmat — Vatanga hurmat. Bu tuyğu yurt ravnaqi uçun masʼuliyatni his etiş, qonunlarga rioya qiliş, halol mehnat qiliş, jamiyat manfaatlarini qadrlaş va tinçlikni asraşdan boşlanadi.
Davlat bayroğiga bölgan hurmat, menimça, faqat rasmiy tadbirlar yoki bayram kunlarida emas, balki har bir xonadonda, har bir insonning kundalik hayotida ham namoyon bölişi kerak. Şu ezgu tuyğu bilan yaqinda öz xonadonim hovlisiga ham Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğini örnatdim. Endi hovlimda hilpirab turgan bayroğimizga har gal közim tuşganda, qalbimda Vatanga muhabbat, milliy ğurur va daxldorlik hissi yanada jöş uradi. Bu mustaqil yurtimga bölgan hurmatim va sadoqatimning kiçik bir ifodasi. Zero, Vatanga muhabbat katta minbarlarda aytilgan balandparvoz sözlardagina emas, balki har birimizning kundalik amalimizda ham aks etişi lozim.
Bugun globallaşuv jarayonlari jadallaşayotgan, turli ğoyaviy va maʼnaviy taʼsirlar kuçayayotgan bir şaroitda milliy özlikni, tarixiy xotira va qadriyatlarni asraş yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada davlat ramzlari, ayniqsa, yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda alohida örin tutadi.
Yoşlarimiz bayroğimizga nazar taşlar ekan, uning ranglarida xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va kelajakka bölgan işonçini köra bilişi zarur. Şu bilan birga, ular mustaqil mamlakat fuqarosi sifatida öz huquq va majburiyatlarini çuqur anglaşi, yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yaşaşi muhim.
Vatanparvarlik faqat Vatan haqida gözal sözlarni aytiş bilan çeklanmaydi. U öz kasbini sidqidildan bajariş, bilim oliş, qonun ustuvorligini hurmat qiliş, jamoat mulkini asraş, atrof-muhitga masʼuliyat bilan munosabatda böliş va jamiyat hayotida faol iştirok etişda namoyon böladi.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirişda ham har bir insonning faolligi muhim. Yurt taraqqiyoti davlat idoralari yoki ayrim taşabbuskorlarning saʼy-harakatlari bilangina emas, balki har bir fuqaroning öz vazifasiga masʼuliyat bilan yondaşişi va umumiy manfaatlar yölida birlaşişi orqali taʼminlanadi.
Şu maʼnoda, Davlat bayroği bizga nafaqat faxrlaniş, balki ana şu faxrga munosib yaşaş masʼuliyatini ham eslatadi. Uning şaʼnini uluğlaş mamlakatimiz obrösini yuksaltiriş, xalq işonçini oqlaş va mustaqillik qadriga yetiş demak.
Davlat bayroği millati, tili, kasbi va dunyoqaraşidan qatʼi nazar, Özbekistonni öz Vatani deb bilgan barça insonlarni birlaştiruvçi umumiy qadriyat. Uning ostida biz yagona xalq, yagona yurt va muştarak kelajak egalari ekanimizni yanada teran anglaymiz.
Bugun mamlakatimiz oldida ulkan maqsad va vazifalar turibdi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni jadallaştiriş, inson qadrini uluğlaş, ilm-fan, taʼlim va madaniyatni rivojlantiriş, xalq farovonligini taʼminlaş şular jumlasidandir. Bu maqsadlarga erişişda xalqimizning birdamligi, bunyodkorlik salohiyati va Vatan ravnaqi yölidagi masʼuliyati muhim ahamiyatga ega.
18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun har birimiz uçun milliy ğurur, Vatanga sadoqat va fuqarolik masʼuliyatini yana bir bor çuqur anglaş imkonidir. Bayroğimizning baland hilpiraşi, avvalo, uning ostida yaşayotgan insonlarning Vatanga muhabbati, mehnati va sadoqati bilan çambarças boğliq.
Bayroğimiz doimo baland bölsin! Unda xalqimizning ozodligi, yurtimizning tinçligi, milliy ğururimiz va yoruğ kelajakka bölgan işonçi hamişa mujassam bölib tursin!
Otabek Jiyanbayev,
Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi deputati
ÖzA