Özbekiston vakillari Masqatdagi xalqaro bağrikenglik forumida iştirok etdi
Joriy yilning 15-16-noyabr kunlari Ömon Sultonligining Masqat şahrida kamsitiş va zöravonlikning oldini oliş, şuningdek, özaro muloqot, bağrikenglik va tinç-totuvlikni keng tarğib qilişda amaliy yondaşuvlarni işlab çiqiş maqsadida xalqaro forum bölib ötdi.
"Hilton Muscat Al Bandar" majmuasida taşkil etilgan tadbirda Özbekiston musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon domla Işmatbekov ham iştirok etdi.
Maʼlumki, 16-noyabr Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan Xalqaro bağrikenglik kuni sifatida belgilangan. Forumning aynan şu sanada taşkil etilgani özaro hurmat, bağrikenglik va tinç-totuv yaşaş qadriyatlarini mustahkamlaş yölida muhim maydon bölib xizmat qildi.

Mazkur xalqaro forum Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Genotsidning oldini oliş va himoya qiliş masʼuliyati böyiça boşqarmasi (UNOSAPG), Ömon Sultonligi Vaqf va diniy işlar hamda Taşqi işlar vazirliklari, şuningdek, "Din va anʼanaviy tinçlikparvarlar tarmoği" (The Network for Religious and Traditional Peacemakers) hamkorligida taşkil etildi.
Xalqaro forumda jahonning turli mamlakatlaridan taşrif buyurgan nufuzli ulamolar, diniy va anʼanaviy yetakçilar, davlat idoralari vakillari, şuningdek, BMT hamda boşqa xalqaro taşkilotlar masʼullari iştirok etdi. Tadbir davomida tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaşda xalqaro hamkorlikning ahamiyati, jamiyatda bağrikenglik tamoyillarini keng tarğib etişda diniy yetakçilar va ommaviy axborot vositalarining örni kabi dolzarb masalalar yuzasidan qator sessiyalar va yuqori saviyadagi muloqotlar taşkil etildi.

Bundan taşqari, forum doirasida Özbekiston delegatsiyasi aʼzolari xorijiy mamlakatlardan kelgan taniqli ulamolar, diniy soha vakillari hamda mutaxassislar bilan qator uçraşuvlar ötkazdi. Özaro hurmat va samimiylik muhitida keçgan suhbatlarda diniy-maʼrifiy yönalişdagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, Islom dinining asl insonparvarlik ğoyalarini keng tarğib qiliş, şuningdek, zamonaviy davrda yuzaga kelayotgan dolzarb masalalarga yeçim topiş borasida fikr va tajriba almaşildi.
Hamroz Bayonov,
ÖzA