“Konstitutsiyaga sayohat”: bolalar uçun ilk interaktiv huquqiy kitob va multfilmlar yaratildi
Poytaxtimizda “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan yaratilgan ingliz tilidagi “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi hamda unga işlangan huquqiy multfilmlarning taqdimoti bölib ötdi.
Dastlab özbek tilida yaratilgan, “Konstitutsiyaga sayohat” loyihasi Konstitutsiyadagi normalarning mazmun-mohiyatini bolalarga sodda va qiziqarli tilda tuşuntirişga qaratilgan öziga xos huquqiy-maʼrifiy mahsulot. Interaktiv kitob va uning asosida işlangan 40 qismli multfilmda murakkab huquqiy tuşunçalar Odilbek, Adolatxon va Mittivoyning qiziqarli sarguzaştlari orqali yoritiladi.
[gallery-32572]
Uşbu loyiha bolalarda huquqiy bilimlarni şakllantiriş, ularni Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalaş, öz huquq va majburiyatlarini anglaşga örgatişni maqsad qilgan.
Taqdimotda Adliya vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Konrad Adenauer nomidagi jamğarmaning Markaziy Osiyo böyiça vakolatxonasi vakillari, pedagoglar, xorijiy mehmonlar, ijodkorlar hamda ommaviy axborot vositalari iştirokida loyihaning yaratiliş tarixi, özbek tilidagi ilk naşridan ingliz tilidagi versiyasigaça bölgan ijodiy jarayonlar aks etgan videorolik, şuningdek, multfilmning ingliz tilidagi ilk qismi namoyiş etildi.
Tadbir doirasida Konrad Adenauer nomidagi jamğarmaning Markaziy Osiyo böyiça vakolatxonasi moliyaviy kömagida 1000 nusxada naşr etilgan ingliz tilidagi “Konstitutsiyaga sayohat” interaktiv kitobi Taʼlim va ilm-fan vazirligiga topşirildi.
Şuningdek, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan Özbekistonda ilk bor yaratilgan bolalarga huquqni oson va sodda usulda örgatiş uçun möljallangan 14 ta huquqiy öyinlar ham taʼlim tizimiga taqdim etildi.
Şuningdek, "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi va Konrad Adenauer nomidagi jamğarmaning Özbekistondagi vakolatxonasi örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandum imzolandi.
“Konstitutsiyaga sayohat” kitobining ingliz tilida taqdim etilişi milliy huquqiy-maʼrifiy tajribamizni xalqaro darajada keng tarğib etiş, qolaversa, xorijiy tillarni örganayotgan yoş avlod uçun zamonaviy milliy huquqiy kontent taqdim etiş yölidagi muhim bosqiç böldi.
Gulnoza Boboyeva,
Nişonboy Abduvoitov (video),
Asliddin Alijonov (surat),
ÖzA