Toşkent viloyati delegatsiyasi Yaponiyada
Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boşçiligidagi viloyat delegatsiyasi xizmat safari bilan Yaponiyada bölib turibdi.
Taşrif doirasida Z.Mirzayev Aiçi prefekturasi gubernatori Xideki Omura bilan uçraşdi. Muloqotda ikki hudud örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlaş joizki, Yaponiyaning markaziy qismida joylaşgan Aiçi prefekturasi mamlakatning yirik sanoat markazlaridan biri hisoblanadi. Hudud, ayniqsa, avtomobilsozlik, maşinasozlik, robototexnika va yuqori texnologiyalar sohalarida katta tajribaga ega. Bu esa Toşkent viloyati bilan özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.

Uçraşuvda tomonlar avtomobilsozlik, elektrotexnika, sanoat uskunalari hamda quriliş materiallari işlab çiqariş yönalişlarida qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş istiqbollariga alohida eʼtibor qaratdi. Şuningdek, yapon kompaniyalari bilan qişloq xöjaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantiriş borasida hamkorlik qiliş imkoniyatlari körib çiqildi.
Zamonaviy innovatsiyalar sohasida tajriba almaşiş ham muloqotning muhim yönalişlaridan biri böldi. Xususan, Aiçi prefekturasida faoliyat yuritayotgan ixtisoslaşgan markazlar tajribasini örganiş, startaplar, raqamli texnologiyalar va yangi işlanmalar böyiça hamkorlikni yölga qöyiş taklif etildi.

Taʼlim va malakali kadrlar tayyorlaş masalalari ham uçraşuv kun tartibidan örin oldi. Nagoyya universiteti va boşqa taʼlim muassasalari bilan muhandislik, axborot texnologiyalari hamda kasb-hunar taʼlimi yönalişlarida aloqalarni kengaytiriş, yoşlarni yapon kompaniyalari talablariga mos kasblarga tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Hamkorlikni tizimli rivojlantiriş maqsadida 2027–2029-yillarga möljallangan qöşma “Yöl xaritasi”ni işlab çiqiş, ustuvor investitsiya loyihalarini belgilaş uçun ikki hudud vakillaridan iborat işçi guruh tuziş taklif qilindi. Şuningdek, Aiçi prefekturasi işbilarmon doiralari iştirokida Toşkent viloyatida biznes-forum ötkaziş hamda yapon tadbirkorlari delegatsiyasining taşrifini taşkil etiş masalalari ham ilgari surildi.
Toşkent viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga xizmat safari davom etmoqda.
A.Musayev,ÖzA