Fermer xöjaligining elektrdan qarzdorligi undirildi
Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boşqarmasi hamda uning Pop tumani bölimi tomonidan elektr energiyasidan foydalaniş bilan boğliq qarzdorliklarni undiriş borasida ijro harakatlari izçil davom ettirilmoqda.
Xususan, byuro iş yurituviga kelib tuşgan ijro hujjatiga asosan, tumandagi fermer xöjaliklaridan birining elektr taʼminoti korxonasi oldidagi qarzdorligini undiriş çoralari körildi.
– Olib borilgan ijro harakatlari natijasida fermer xöjaligidan energiya uçun yuzaga kelgan salkam 670 million söm qarzdorlik töliq undirilib, kommunal xizmat körsatiş idorasining hisob raqamiga ötkazilişi taʼminlandi, – deydi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boşqarmasi boşliğining örinbosari Bahromjon Nasriddinov. – Mazkur ijro harakati elektr energiyasi uçun tölov intizomiga rioya etiş, mavjud qarzdorliklarni öz vaqtida bartaraf etiş hamda iqtisodiy munosabatlarda qonuniylikni taʼminlaş muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor körsatadi.

Darhaqiqat, byuro organlari tomonidan sud va boşqa vakolatli organlar hujjatlari ijrosini taʼminlaş, undiruvçilarning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş hamda ijro hujjatlari böyiça qarzdorliklarni undiriş yuzasidan amaliy işlar davom ettirilmoqda.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri