Vazir Sirdaryo dalalaridagi tayyorgarlikni örgandi
Qişloq xöjaligida ilmiy tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etiş, har bir qariç yerdan unumli foydalaniş va işlab çiqariş jarayonlarini özaro uyğunlaştiriş muhim ahamiyatga ega. Sirdaryo viloyatiga işçi safari davomida Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Boyovut tumanidagi fermer xöjaliklarida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.
Dastlab vazir viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari — viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği Abror Xidirov hamrohligida «Begzod Oblaqulov» fermer xöjaligining 20 gektarlik ğalla maydonini közdan keçirdi.

Eʼtiborlisi, fermer vazir iştirokidagi amaliy seminarda berilgan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etiş taşabbusini bildirib, uni öz dalasiga taklif etdi. Uçraşuv davomida ğalla hosildorligini oşiriş va ekinlarning rivojlanişini qöllab-quvvatlaş maqsadida kremniy, aspirin hamda bor tarkibli preparatlar bilan işlov beriş işlari boşlandi.

Şuningdek, maydondagi ğallaning ösiş holati közdan keçirilib, agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va ilmiy tavsiyalar asosida amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Vazirning tumandagi navbatdagi manzili dala çetlarida çorvaçilik obʼektlarini taşkil etiş va ulardan samarali foydalaniş tajribasi bilan tanişiş böldi.

Mazkur xöjalikda ayni paytda 90 boş qoramol, jumladan, 40 boş sigir va 50 boş buqa, şuningdek, 40 boş qöy, 40 boş kurka hamda 60 ga yaqin ördak parvarişlanmoqda.
Çorvaçilikni dalaçilik bilan uyğunlaştirişning muhim jihatlaridan biri — çorva mollaridan olinadigan göngni qayta işlab, organik öğit sifatida ekin maydonlariga qaytariş imkoniyatidir. Bu orqali tuproq unumdorligini oşiriş, mineral öğitlardan foydalanişni maqbullaştiriş va mavjud resurslar samaradorligini yuksaltiriş mumkin.

Xöjalikdagi şaroitlar bilan tanişuv çoğida çorva mollarini oziqlantiriş va parvarişlaş, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etiş masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Vazir har bir hayvonning holati va ehtiyojidan kelib çiqib individual yondaşiş, uning vazni hamda rivojlaniş körsatkiçlarini muntazam nazorat qiliş zarurligini taʼkidladi. Şuningdek, molxonalarda tozalikni saqlaş, töşama materiallarini öz vaqtida yangilaş böyiça tavsiyalar berildi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri