Özbekistonning raqamli rivojlaniş böyiça erişgan natijalari
Yaqin vaqtgaça raqamlaştiriş Özbekistonda şunçaki loyihalar majmuini anglatgan bölsa, bugungi kunda uşbu masala davlat siyosatining tizimli yönalişiga aylandi. Raqamli transformatsiya davlat boşqaruvi, eksport tarkibi va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligiga bölgan yondaşuvlarni izçil özgartirmoqda.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazining bölim boşliği Jamşid Şaripov bu boradagi öz mulohazalarini bildirdi:
– Prezidentimiz tomonidan 2020-yil 5-oktabrda tasdiqlangan «Raqamli Özbekiston — 2030» Strategiyasining qabul qilinişi uşbu yönalişdagi muhim qadam böldi. Sohaning normativ-huquqiy bazasi keyinçalik boşqa hujjatlari bilan ham boyitildi. Xususan, 2024-yilning oktabr oyida sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantiriş strategiyasi, 2026-yil 10-martda Kiberxavfsizlik strategiyasi tasdiqlandi. Joriy yilning avgust oyida «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi töğrisida»gi Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. Uşbu hujjat bilan xorijiy kompaniyalar va investitsiyalarni jalb qilişning mustahkam huquqiy asoslari yaratildi.
Raqamlaştirişning eng yaqqol natijalari fuqarolarimizning kundalik hayotida namoyon bölmoqda. Bugungi kunda mamlakatda internet qamrovi 99,5% ga, foydalanuvçilar uluşi esa 94,2% ga yetdi. 905 turdagi xizmat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etilayotgan bölib, foydalanuvçilar soni 16,8 mln kişiga yetdi.
Xalqaro reytinglar ham ijobiy özgarişlarni tasdiqlamoqda. BMTning Elektron hukumatni rivojlantiriş reytingida mamlakatimiz 2020-yilda 87-örinni egallagan bölsa, 2022-yilda 69-poğonaga va 2024-yilda 0,7999 indeksi bilan 63-öringa kötarildi. Şu tariqa, respublikamiz ilk bor elektron hukumat darajasi eng yuqori bölgan davlatlar qatoridan joy oldi.
Raqamlaştiriş texnologik infratuzilmani rivojlantirişga hissa qöşibgina qolmay, mamlakatimizga valyuta tuşumlarining yangi manbaini ham şakllantirmoqda. IT Park rezidentlari soni 2 800 dan oşdi, şundan 752 tasi xorijiy kompaniyalardir. Ular 90 dan ortiq mamlakatga öz xizmatlarini eksport qilmoqda.
Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, joriy yilning yanvaridan iyun oyiga qadar telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari eksporti 545,3 mln dollarni taşkil etdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 12,8% ga yuqori. Uşbu davrda IT Park iştirokçilari tomonidan eksport qilingan xizmatlar hajmi ötgan yilgi körsatkiçdan 90,3 mln dollarga ortib, 392,5 mln dollarni taşkil etdi.
Raqamli iqtisodiyotning yalpi içki mahsulotdagi uluşi ham muntazam ortib bormoqda. Joriy yilning birinçi yarmida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlarining YAIMdagi uluşi 2,9% ni taşkil etdi. Taqqoslaş uçun: 2025-yilning mos davrida bu körsatkiç 2,8% ni, 2024-yilda esa 2,4% ni taşkil qilgan edi. Uşbu tarmoqda yaratilgan yalpi qöşimça qiymat 30,3 trln sömga yetdi, bunda kompyuterda dasturlaş, konsalting va turdoş xizmatlar umumiy hajmning 53,6% ini egalladi.
Uşbu raqamlar mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot oddiy telekommunikatsiya infratuzilmasidan dasturiy taʼminot, kompyuterda dasturlaş va intellektual xizmatlarga asoslangan murakkab iqtisodiy modelga ötayotganidan dalolat beradi.
Erişilgan natijalar bilan bir qatorda, öz yeçimini kutayotgan vazifalar ham mavjud. «Raqamli Özbekiston — 2030» Strategiyasida respublikamizning BMTning Elektron hukumatni rivojlantiriş reytingida dunyoning 30 ta eng rivojlangan davlati qatoriga kirişi közda tutilgan. Hozirgi 63-örin mazkur marraga erişiş uçun oldimizda hali köp işlar turganini körsatadi.
Fuqarolarning raqamli xizmatlardan foydalanişdagi faolligi hamda iştiroki muhim masalalardan biri bölib qolmoqda. Jahon banki maʼlumotlariga köra, 2022-yilda raqamli iştirok indeksida mamlakatimiz 82-örinni egallagan. Yuqori natijaga erişiş uçun faqatgina onlayn xizmatlar sonini oşiriş emas, ularning fuqarolar uçun qulay, tuşunarli va manfaatli bölişini taʼminlaş talab etiladi.
Yana bir ustuvor vazifa — raqamli transformatsiyani IT sohasi çegarasidan taşqariga olib çiqişdan iborat. Raqamli işlanmalarni qişloq xöjaligi, energetika, suv xöjaligi, logistika va moliya sektori kabi tarmoqlarga keng joriy etiş orqali eng yuqori iqtisodiy samaradorlikka erişiş mumkin. Bu örinda sunʼiy yöldoş monitoringi, sanoat interneti va raqamli platformalar alohida ahamiyat kasb etadi. Şuningdek, maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlaş, axborot tizimlarining özaro mutanosib işlaşini kuçaytiriş va kadrlar salohiyatini oşirişga ustuvor eʼtibor qaratiş lozim.
Raqamli transformatsiyaning kelgusi bosqiçida nafaqat jalb qilingan investitsiyalar hajmiga, balki ularning texnologik va iqtisodiy samaradorligiga ham urğu beriş zarur. Mamlakatda yangi texnologiyalar hamda bilim va könikmalarni şakllantiriş, yuqori malakali iş örinlarini yaratiş, şuningdek, mahalliy kompaniyalarning xalqaro bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş asosiy mezonlarga aylanişi kerak.
Maʼlumotlarni qayta işlaş markazlari va bulutli infratuzilmani rivojlantiriş, sunʼiy intellekt sohasidagi tadqiqot laboratoriyalarini taşkil etiş, raqamli savdo va logistika platformalarini kengaytiriş, muhandislar hamda dasturçilarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş — uşbu bosqiçning asosiy yönalişlaridir.
Şu bilan birga, raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotga taʼsirini faqat IT xizmatlar eksporti hajmi yoki sohadagi korxonalar soni bilan baholab bölmaydi. Ularning sanoat va qişloq xöjaligida mehnat unumdorligini oşiriş, mahsulot tannarxini pasaytiriş, davlat xizmatlari samaradorligini taʼminlaş hamda yangi iqtisodiy qiymat yaratişga qöşayotgan hissasi ham birdek ahamiyatlidir.
Sönggi olti yil içida Özbekiston ayrim raqamli loyihalardan yaxlit raqamli ekotizimni barpo etişgaça bölgan muhim yölni bosib ötdi. Davlat xizmatlari kölami kengaymoqda, IT xizmatlar eksporti rivojlanmoqda, YAIMda raqamli sohaning uluşi ortmoqda va xalqaro reytinglarda mamlakatimizning mavqei mustahkamlanmoqda.
Kelgusidagi asosiy vazifa — faqat IT sohasida emas, balki iqtisodiyotning sirtqi va asosiy tarmoqlarida ham raqamli texnologiyalardan yuqori iqtisodiy samara olişni taʼminlaşdan iborat. Bu jarayon Özbekistonning raqamli işlanmalar va texnologik xizmatlar böyiça mintaqaviy markazga aylanişini köp jihatdan belgilab beradi.
Aziza Alimova yozib oldi, ÖzA