Toşkent havosi: inversiya tufayli "nosoğlom" daraja qayd etildi
Poytaxt havosining sifati yana kun tartibiga çiqmoqda. Soha vakillarining sözlariga köra, keça ifloslaniş darajasi oşgan, ammo bugun vaziyat biroz yaxşilanişi kutilmoqda. Haroratning pasayişi bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan inversiya havodagi zararli moddalarning tarqalişiga tösqinlik qilişi ehtimoli bor.
Qayd etilişiça, hozirda atmosfera havosi sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda. Prognozlarga köra, joriy yil 8-noyabr kuni soat 18:00 dan 20:00 gaça poytaxtda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “sezgir guruhlar uçun nosoğlom” darajaga yetgan. Milliy havo sifati indeksi böyiça esa “sariq” daraja kuzatilgan. Soat 21:00 dan boşlab vaziyat biroz barqarorlaşgan, havo sifati “örtaça” darajaga tuşgan. Milliy indeks böyiça esa asosan “yaşil”, qisqa muddatlarda “sariq” daraja qayd etilişi mumkin.
Şu bilan birga, tungi soatlarda havo haroratining pasayişi natijasida harorat inversiyasi şakllangan. Bu jarayon atmosferadagi ifloslantiruvçi moddalarning yuqoriga tarqalişini çeklab, ularning yer yuzasiga yaqin havo qatlamida töplanişiga sabab bölişi mumkin.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA