Ijtimoiy himoya sohasida yangi yondaşuvlar muhokama qilindi
Özbekistonda ijtimoiy himoya tizimini takomillaştirişda xalqaro hamkorlik muhim örin tutmoqda. Germaniya bilan muzokaralar sohaga zamonaviy yeçimlar va yangi imkoniyatlar olib kiradi.
Sönggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi tom maʼnoda yuksaldi. Buning samarasi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan qatlami hayotida yaqqol öz ifodasini namoyon etib bormoqda. Bunda esa xalqaro tajribalar öta muhim ahamiyatga ega.
Sohani yanada barqarorlaştiriş va sifat nazoratini kuçaytiriş maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoya qiliş va integratsiyalaşuviga kömaklaşiş” (PROSPI) loyihasi vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Qayd etilişiça, Agentlik va GIZ örtasidagi hamkorlik 2023-yildan buyon davom etmoqda. Şu davr mobaynida erişilgan natijalar va istiqboldagi rejalar ham muhokama qilindi. Xususan, nogironlikni baholaşda ijtimoiy modelga ötiş, “Inson” markazlari rahbarlari malakasini oşiriş, ijtimoiy suğurta tizimini rivojlantiriş va raqamli yeçimlarni joriy etiş borasidagi işlar yuzasidan fikr almaşildi.
Şuningdek, PROSPI loyihasi doirasida ijtimoiy himoya strategiyasini takomillaştiriş, sunʼiy intellektdan foydalaniş, ijtimoiy xizmatlarni raqamlaştiriş, ijtimoiy xodimlarni dual taʼlim asosida tayyorlaş va nogironligi bölgan şaxslar bandligini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, xalqaro tajriba va zamonaviy yeçimlarni milliy ijtimoiy himoya tizimiga tatbiq etiş orqali aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oşiriş hamkorlikning asosiy maqsadini taşkil etadi.
Şerbek Islomov,
ÖzA