“Özarxiv” agentligi: arxiv qonunçiligini buzgan 88 nafar masʼulga çora körildi
“Özarxiv” agentligida brifing bölib ötdi.
Unda agentlik axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev agentlikda vazirlik va idoralar, şuningdek, boşqa taşkilotlarda arxiv hujjatlarining saqlanişi, iş yuritiş qoidalariga rioya etilişi hamda uşbu yönalişda ötkazilgan davlat nazorati tadbirlari natijalari haqida maʼlumot berdi.
Qayd etilganidek, har bir taşkilot faoliyati davomida şakllanadigan hujjatlar uning qabul qilgan qarorlari, amalga oşirgan işlari va huquqiy munosabatlarini tasdiqlovçi muhim manba hisoblanadi. Ularning töğri rasmiylaştirilişi, hisobga olinişi va belgilangan talablar asosida saqlanişi faqat taşkilotning içki iş yuritiş masalasi emas. Bu fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qiliş, davlat boşqaruvida hujjatli dalillarni saqlaş hamda Milliy arxiv fondini töldiriş bilan bevosita boğliq. Şu sababli «Özarxiv» agentligi tomonidan taşkilotlarda arxiv işi va iş yuritiş holati ustidan davlat nazoratini amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2026-yil 20-noyabr holatiga köra, «Özarxiv» agentligi va arxiv işi hududiy boşqarmalari tomonidan jami 328 ta vazirlik, idora va boşqa taşkilotlarda davlat nazorati tadbirlari ötkazildi.
Ularning 28 tasi bevosita agentlik, 300 tasi esa Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi arxiv işi hududiy boşqarmalari tomonidan amalga oşirildi. Tekşirişlar davomida taşkilotlarda arxiv hujjatlarini saqlaş şaroitlari, hujjatlarni hisobga oliş va tartibga keltiriş, ularni davlat arxivlariga topşiriş, şuningdek, iş yuritişga oid normativ talablarga rioya etilişi örganildi.
Ötkazilgan davlat nazorati tadbirlari natijasida 328 ta taşkilotga aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnomalar kiritildi. Şuningdek, tekşirişlar davomida aniqlangan qonunbuzilişlar yuzasidan 88 nafar masʼul xodimga nisbatan Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 215⁴-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik böyiça maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, körib çiqiş uçun tegişli sud organlariga yuborildi. Bundan taşqari arxiv işi hududiy boşqarmalari tomonidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga 10 ta material taqdim etildi.
Davlat nazoratining asosiy maqsadi faqat qonunbuzilişlarni aniqlaş yoki aybdor şaxslarga nisbatan çora körişdan iborat emas. Asosiy vazifa — hujjatlarning yöqolişi, şikastlanişi va ulardan foydalaniş imkoniyati çeklanişining oldini oliş, taşkilotlarda arxiv işini belgilangan talablar asosida taşkil etişga erişiş. Şu maqsadda davlat arxivlari tomonidan taşkilotlarga amaliy va uslubiy yordam körsatiş işlari ham davom ettirilmoqda.
Jumladan, davlat arxivlari mutaxassislari tomonidan 910 ta taşkilot va korxonada 583 ta yalpi hamda 327 ta mavzuli örganiş ötkazilib, arxiv işi va iş yuritişni taşkil etiş böyiça tegişli tavsiyalar berildi.
Davlat nazorati tadbirlari davomida aniqlangan kamçiliklarni tahlil qilsak, ularning aksariyati hujjatlarni saqlaş şaroitlari, arxiv hisobini yuritiş va iş yuritiş qoidalariga rioya etiş bilan boğliq ekanini köramiz.
Kelgusida davlat nazorati tadbirlarining natijadorligini oşiriş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça kiritilgan taqdimnomalar ijrosini nazorat qiliş, qonunbuzilişlarga nisbatan belgilangan tartibda çora köriş hamda taşkilotlarga amaliy-uslubiy yordam beriş işlariga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Ayniqsa, taşkilotlarda idoraviy arxivlar faoliyatini töğri taşkil etiş, hujjatlarning saqlaniş xavfsizligini taʼminlaş, ularni öz vaqtida davlat arxivlariga topşiriş va masʼul xodimlarning kasbiy malakasini oşiriş masalalari doimiy eʼtiborda böladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA