“Zöravonliksiz kelajak”: yoşlarga huquqiy tuşunça berildi
Zamonaviy dunyoda inson qadri, özaro hurmat va bağrikenglik tamoyillarini mustahkamlaş nafaqat huquqiy, balki çuqur maʼrifiy va ruhiy yondaşuvni ham talab etmoqda. Ana şunday ezgu maqsadlarni közlagan holda Islom sivilizatsiyasi markazida “Zöravonliksiz kelajak” şiori ostida “Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy bardoşlilik va zöravonlikning oldini oliş” mavzusida yoşlar muloqoti ötkazildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti, Yoşlar işlari agentligi va qator hamkor taşkilotlar bilan birgalikda taşkil etilgan tadbir hotin-qizlar va bolalarni himoya qiliş, yoşlar örtasida özaro hurmat hamda zöravonliksiz munosabatlar madaniyatini tarğib etişga qaratildi.
[gallery-32640]
Unda Yoşlar parlamenti aʼzolari, yoş yetakçilar, davlat organlari va fuqarolik jamiyati taşkilotlari vakillari, huquqşunoslar, psixologlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlar va bolalarni zöravonlikdan himoya qilişning huquqiy hamda institutsional asoslari izçil mustahkamlanmoqda. Jumladan, 2023-yil 11-apreldagi ÖRQ-829-son Qonun bilan oilaviy (maişiy) zöravonlik uçun alohida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik joriy etildi. Xavf bartaraf etilmagan taqdirda, jabrlanuvçining arizasiga köra himoya orderini jinoyat işlari böyiça sud tomonidan bir yilgaça uzaytiriş imkoniyati belgilandi. Uşbu normalar zöravonlikka huquqiy baho beriş va jabrlanuvçini davomli himoyalaş mexanizmlarini kuçaytirdi.
Prezidentimizning 2026-yil 3-martdagi “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuçaytiriş hamda ularga nisbatan tazyiq va zöravonlik holatlarining oldini oliş böyiça qöşimça taşkiliy-huquqiy çoralar töğrisida”gi farmoni profilaktika va tezkor himoyaning yangi yönalişlarini belgiladi.
Xususan, 2026-yil 1-apreldan himoya orderi berilgan xotin-qizlarning roziligi bilan ularning qurilmalariga zöravonlik haqida zudlik bilan xabar beruvçi “SOS” funksiyali “my.ihma.uz” ilovasini örnatiş tartibi nazarda tutildi. Nikohlanuvçilarni zöravonliksiz oilaviy hayotga tayyorlaş böyiça bepul maxsus kurslar bilan qamrab olişni 2026-yilda 50 foizga, 2030-yilda esa 100 foizga yetkaziş maqsadi qöyildi.
2026-yil 1-iyuldagi ÖRQ-1156-son Qonun bilan jabrlangan xotin-qizlarning ijtimoiy va sud orqali himoyasi yanada kuçaytirildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda uning tizimidagi taşkilotlarga jabrlanuvçilar manfaatida sudlarga davlat boji tölamasdan murojaat qiliş va sud majlislarida qatnaşiş vakolatlari berildi. Maxsus markazga joylaştirilgan jabrlanuvçining iş joyi saqlanişi, markazda bölgan davri uçun bir oydan oşmagan muddatga vaqtinça mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilişi belgilandi. Maxsus markazlarning jabrlanuvçilar va ularning voyaga yetmagan bolalari manfaatlarini sudda himoya qiliş imkoniyatlari ham kengaytirildi.
Dastur doirasida inson qadr-qimmatini himoya qiliş, xotin-qizlar va bolalar uçun xavfsiz muhit yaratişda davlat siyosati hamda institutsional mexanizmlarning örni muhokama qilinadi.
Şuningdek, tadbirda mahallalarda ijtimoiy xavf-xatarlarni erta aniqlaş, zöravonlikdan jabrlangan şaxslarga huquqiy yordam va psixologik kömak körsatiş, masʼul idoralar örtasidagi hamkorlikni kuçaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Muloqotning muhim yönalişlaridan biri raqamli xavfsizlik böldi. Mutaxassislar internetdagi kiberbulling, tahdid, taʼqib va zararli axborot taʼsirining oldini oliş, şaxsiy xavfsizlikni taʼminlaş hamda onlayn muhitda masʼuliyatli xulq-atvorni şakllantiriş masalalarini yoritdi. Jumladan, raqamli savodxonlik va tanqidiy fikrlaşning yoşlarni zararli taʼsirlardan himoya qilişdagi ahamiyati körib çiqildi.
Gulnoza Boboyeva,
Otabek Mirsoatov (surat),
ÖzA