Toşkent forumi: Ipak yöli ruhi, jahon turizmi va yangi sarmoyalar
45 dan ortiq mamlakat, 600 dan ziyod xorijiy kompaniya va 20 ga yaqin xalqaro taşkilot vakillari iştirokidagi tadbirlar Özbekistonning turistik va investitsiya salohiyatini namoyon etadi.
25-27-noyabr kunlari “CAEx Uzbekistan” körgazmalar majmuasida “Ipak yölida turizm” 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi hamda birinçi Xalqaro turizm investitsiya forumi bölib ötadi. Uç kun davomida xalqaro turizm bozori vakillari iştirokida yangi hamkorlik aloqalari, investitsiya loyihalari va sohani rivojlantiriş istiqboli muhokama qilinadi.
Öttiz yildan ortiq tarixga ega yarmarkada Belarus, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Italiya, Malayziya, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Vetnam va boşqa mamlakatlar iştirok etadi. Milliy pavilonlarda madaniy-tarixiy meros, toğ va dengiz turizmi, gastronomik sayohat hamda yangi turistik mahsulotlar taqdim etiladi.
Özbekiston nomidan mamlakatimizning barça 14 hududi öz imkoniyatini namoyiş qiladi. Tarixiy şaharlar, tabiiy maskanlar, hunarmandlik, milliy gastronomiya va soğlomlaştiriş turizmi xorijiy mehmonlar eʼtiboriga havola etiladi.
Bu yilgi tadbirning muhim yangiligi – birinçi Xalqaro turizm investitsiya forumida davlat idoralari, xalqaro moliya institutlari, investitsiya kompaniyalari va mehmonxona biznesi vakillari turizm infratuzilmasiga sarmoya jalb qiliş masalasini muhokama qiladi.
Mamlakatdagi sayyohlar oqimi ösişi ayni yönalişdagi imkoniyatni kengaytirmoqda. 2026-yil yanvar-oktabr oylarida diyorimizga 11,6 million xorijiy sayyoh kelgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 19 foiz köp. Turizm xizmati eksporti 49 foiz ösib, 6,1 milliard dollar daromad kelgan.
Ayni payt mamlakatda “Hilton”, “Hyatt”, “Marriott”, “Wyndham”, “Radisson”, “Accor” kabi xalqaro tarmoqqa tegişli 31 brend faoliyat yuritmoqda. Yangi mehmonxonalar qurilişi uçun subsidiya, soliq imtiyozi va qulay moliyalaştiriş mexanizmi taklif etilmoqda. Şuningdek, 2026-2028-yillarda turistik hududlar va joylaştiriş vositalarini taşkil etiş uçun 5 000 gektar yer maydonini elektron auksionga çiqariş rejalaştirilgan.
Yarmarka doirasida “Global Media Campus” va “Smart Destination Hackathon” taşkil etilib, xalqaro turizmni ommaviy axborot vositalari orqali tarğib qiliş va raqamli kommunikatsiya, turizm sohasi uçun texnologik yeçimlar muhokama qilinadi. Xakatonning mukofot jamğarmasi 150 million söm.
Anjumanning xalqaro ahamiyatini yanada oşiradigan voqea 27-noyabr kuni BMT Turizm taşkiloti bilan hamkorlikda “2027-yil – Xalqaro barqaror va bardoşli turizm yili” taşabbusining rasmiy oçiliş marosimidir.
Mamlakatimiz taşabbusi bilan ilgari surilgan mazkur muhim yilni eʼlon qiliş töğrisidagi rezolyutsiya 2024-yil 26-fevral kuni BMT Boş Assambleyasi tomonidan 80 dan ortiq davlat hammuallifligida qabul qilingan. Marosim doirasida barqaror va bardoşli turizm sohasidagi xalqaro hamkorlik ustuvorligini belgilaydigan Toşkent deklaratsiyasi tasdiqlanişi ham rejalaştirilgan.
Xullas, uç kunlik tadbirlar turizm sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, yangi investitsiya jalb etiş va respublikamizning jahon sayyohlik bozoridagi imkoniyatini keng tarğib qiliş uçun muhim maydon vazifasini ötaşi şubhasiz.
Musulmon Ziyo
ÖzA