BMT loyihalari hududlar hayotini qanday özgartirmoqda?
Iqlim özgarişi va suv tanqisligi şaroitida anʼanaviy dehqonçilik hamda eskirgan infratuzilma öz dolzarbligini yöqotmoqda. Bugungi kunda nafaqat resurs tejaydigan, balki aholi turmuş sifatini bevosita yaxşilaydigan innovatsion yeçimlarga ehtiyoj har qaçongidan yuqori.
19-20-noyabr kunlari Birlaşgan Millatlar Taşkiloti guruhining Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga uyuştirgan safari ayni özgarişlar natijasini yaqqol namoyon etdi. Tadbir avvalida BMTning Özbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl boşçiligidagi delegatsiya Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Qodirov bilan uçraşib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş, ekologiya, soğliqni saqlaş, bandlik va aholini ijtimoiy himoya qiliş yönalişlaridagi qöşma loyihalarni köpaytiriş masalasini muhokama qildi. Hududdagi real natija ijtimoiy soha maskanlarida aks etmoqda. Xususan, Boyovut tumanidagi 19-maktabda BMT Taraqqiyot dasturi kömagida 2023-2024-yilgi isitiş mavsumida sinovdan ötkazilgan kömirsiz, energiya tejamkor isitiş tizimi ekologik toza va samarali yeçim sifatida özini oqladi.

Guliston şahridagi 22 800 aholiga xizmat körsatuvçi Markaziy köp tarmoqli poliklinikada birlamçi tibbiy yordamni kuçaytiriş, kasalliklarning oldini oliş va muammoni erta bosqiçda aniqlaş böyiça ilğor tajriba yölga qöyilgan.
Jizzax viloyatida asosiy eʼtibor qişloq xöjaligidagi innovatsiyaga qaratildi: FAOning yurtimizdagi vakili yordamçisi Şerzod Umarov, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, Xalqaro mehnat taşkiloti va YUNISEF vakillari Ğallaorol tumanidagi Lalmikor dehqonçilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonida böldi. Yoğin-soçinga boğliq lalmi yerlarda namlikni saqlaş va tuproq eroziyasini kamaytirişga qaratilgan FAO kömagidagi ikkita ilmiy loyiha doirasida dehqonçilikka yangiça yondaşuvlar sinalmoqda.
Jumladan, “Lalmi yerlarda resurs tejovçi agrotexnikani qöllaş samaradorligini örganiş” loyihasida yerni haydamasdan maxsus texnika yordamida töğridan-töğri uruğ ekiş usuli qöllanmoqda. Bu texnologiya tuproq namligini asraş, suv va şamol eroziyasi oldini oliş bilan birga xarajatni ham keskin qisqartiradi. Bundan taşqari qir-adir yon-bağirlarida yomğir va erigan qor suvi oqib ketişini sekinlaştirib, tuproqqa töliq singdirişga xizmat qiluvçi terrasa va yarim aylana şaklidagi suv yiğiş inşootlari barpo etilgan. Institut mutaxassislari taʼkidlaşiça, tajriba maydonlarida yuqori samara berayotgan uşbu usullar yaqin kelajakda mamlakatimizning barça lalmikor xöjaliklari uçun muhim tayanç bölib xizmat qiladi.
Fardona Yaxşiboyeva, ÖzA