Ziyolilar – Yangi Özbekiston taraqqiyotining tayançi
Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan Özbekiston ziyolilari kengaşining ilk yiğilişi ikkinçi kuni ham samimiy muloqotlar, jamiyat hayotini yanada farovonlaştirişga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar, ilğor taşabbuslarga boy böldi.
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bölib ötgan muloqotda olimlar, tarixçilar, adiblar, şoirlar, sanʼat va madaniyat namoyandalari, jurnalistlar, taʼlim sohasi vakillari hamda turli kasb egalari yettita şöʼbaga bölingan holda öz taklif va mulohazalarini bildirdi.
Yalpi yiğilişda sözga çiqqan Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Özbekiston mahallalari uyuşmasi boşqaruvi raisi Ğofurjon Mirzayev, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Dilnoza Kattaxonova, Samarqand davlat universiteti rektori, senator Rustam Xolmurodov, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, xalq şoiri Sirojiddin Sayyid, Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti bilan bir qatorda xalqimizning maʼnaviy yuksalişida ziyolilar ulkan va yetakçi kuç sifatida maydonga çiqişi bugun har qaçongidan ham muhim ekanini taʼkidladi.
– Mamlakatning intellektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirişda, Yangi Özbekistonni barpo etiş va Uçinçi Renessans poydevorini yaratişda ziyolilar, olimlar va ijodkorlarning bilimi, tajribasi hamda faol fuqarolik pozitsiyasi muhim ahamiyatga ega, – dedi Özbekiston mahallalari uyuşmasi boşqaruvi raisi Ğofurjon Mirzayev. – Yiğiliş davomida ona tilimiz va maʼnaviyat, mustaqil mehnat va taşabbus, mahallalar bilan işlaş, yoşlar tarbiyasi va ilm-maʼrifat, ijtimoiy muammolar yeçimida ziyolilarning pozitsiyasi va vazifalariga oid masalalar atrofliça muhokama etildi. Şu örinda, Prezidentimizning nabirasi Şavkatbekka parvoz davomida bitilgan maktubida bildirilgan fikrlar bugun yurtimiz ziyolilarining qalbini hayajonga soladigan, uyğoq va yoniq fikrlarga boy ekani bilan ahamiyatli. Ziyolilar bugun öz faoliyatini yölga qöyişda uşbu maktubda bildirilgan fikrlardan kelib çiqib iş tutişlari ayni muddaodir.
Yiğiliş davomida şöʼbalarda muhokama etilgan masalalar, ilgari surilgan taklif va taşabbuslar ham atrofliça sarhisob qilindi.
[gallery-32687]
Özbekiston ziyolilari kengaşining yalpi majlisida şöʼbalarning muhokama yakunlari böyiça hisobotlari tinglandi. Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida Kengaş rezolyutsiyasini qabul qiliş masalasi körib çiqildi.
Şuningdek, yalpi majlis davomida Özbekiston ziyolilari kengaşining mamlakat ziyolilariga murojaati öqib eşittirildi. Murojaatda mamlakat taraqqiyoti, xalq maʼnaviyatini yuksaltiriş, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, yoş avlodni ilm-fan va maʼrifat sari yönaltirişda ziyolilarning örni va masʼuliyati alohida taʼkidlandi.
Ziyolilarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oşiriş, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşiş, milliy maʼnaviyat va maʼrifatni yuksaltiriş yölida hamjihatlikda harakat qiliş muhimligi qayd etildi.
Mazkur yiğiliş yurtimiz ziyolilarining jamiyatdagi örni va masʼuliyatini yanada oşiriş, ularning ilmiy, maʼnaviy va ijodiy salohiyatini mamlakat taraqqiyoti yölida safarbar etiş borasida muhim muloqot maydoni böldi.
N.Usmonova,
F.Abdurasulov (surat),
ÖzA