Ömon: taraqqiyot va milliy özlikni anglaş bayrami
Qadimiy tarixi, boy madaniy merosi va milliy anʼanalariga ega Ömon Sultonligi milliy bayramini keng nişonlamoqda. Şu munosabat bilan mamlakatning Toşkentdagi elçixonasi taşabbusi bilan tantanali tadbir taşkil etildi.
Marosimda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar elçixonalari vakillari hamda diplomatik korpus aʼzolari iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqan Ömon Sultonligining yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elçisi Al-Sayyida Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy xonim ikki davlat örtasidagi hamkorlik izçil rivojlanib borayotganini taʼkidladi. Davlat rahbarlari örtasidagi özaro rasmiy taşriflar, oliy darajadagi muloqot özaro munosabat taraqqiyotiga muhim hissa qöşayotganini qayd etdi.
[gallery-32686]
Bayram dasturi doirasida mehmonlarga Ömon milliy taomlari taqdim etildi. Milliy kuy-qöşiqlar yangrab, mehmonlarga Ömon madaniyati va anʼanalari bilan yaqindan tanişiş imkonini berdi.
Musulmon Ziyo,
Nosirjon Haydarov (surat),
ÖzA