Toqayevning rus tili haqidagi bayonoti, F-35 qismlari va 700 yillik shaharcha siri - Xorij xabarlari
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning rus tilini siyosiy masalaga aylantirmaslik haqidagi bayonoti, Suriya Prezidentining AQSHga bergan g‘ayrioddiy taklifi, Avstraliyaning F-35 qiruvchi samolyotlari qismlarini adashib Gonkongga yuborib qo‘ygani hamda Litvaning Markaziy Osiyo fuqarolarining ishga joylashish arizalarini qabul qilishni to‘xtatgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Trampning davlatlarni Xalqaro jinoiy sudni tark etishga chaqirgani va Buyuk Britaniyada 700 yil avval suv ostida qolgan sirli shaharcha xarobalari o‘rganilayotgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Oybek Davronov.O‘zA