Energy Expo-2026: biznes imkoniyati, yangi texnologiya va ishbilarmonlik aloqalari
Belarus Respublikasi Energetika vazirligi hamkorlar bilan birga 27-30-oktabr kunlari Minsk shahridagi yangi maydon – Xalqaro ko‘rgazma markazida XXX Energetika va ekologiya forumini o‘tkazadi.
«Energy Expo-2026» anjumani uskuna ishlab chiqaruvchilar, texnologiya yaratuvchilar, muhandislik va loyiha kompaniyalari, shuningdek iqtisodiyotning turli asosiy tarmoqlari vakillarini birlashtiradi. Ekspozitsiyaning asosiy yo‘nalishlari – energetika, energiya samaradorligi, neft-kimyo, elektrotexnika, sanoat va ekologiya texnologiyasi.
Tadbir ishtirokchilar uchun energetika, neft-kimyo, sanoat va boshqa muhim sohalarda qaror qabul qiluvchi ehtimoliy mijozlar, hamkorlar va mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilish imkonini beradi.
A.Mamatov, O‘zA