Tojikistonlik futzalçilar Toşkentda, özbekistonlik şaxmatçilar Duşanbeda
Bugun, 10-noyabr kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida futzal böyiça Özbekiston va Tojikiston milliy terma jamoalari örtasidagi ikkinçi örtoqlik uçraşuvi ötkazilsa, Tojikiston poytaxti Duşanbeda şaxmat böyiça “2nd President's Cup of the Republic of Tajikistan 2026” turniri boşlanadi.
Bundan ikki kun muqaddam, yaʼni 8-noyabr kuni Özbekiston-Tojikiston futzal jamoalari örtasidagi qarama-qarşilikning ilk öyinida hamyurtlarimiz 3:0 hisobida ğalaba qozongandi.
Bahodir Ahmedov boş murabbiyligidagi futzalçilarimiz keça bölajak bahs oldidan ötkazgan sönggi maşğulotlar davomida raqibning öyin uslubidan kelib çiqib, taktika va kombinatsiyalar ustida iş olib bordi.

Aytiş lozim, FIFA kunlari doirasida ötayotgan uşbu örtoqlik öyini futzalçilarimiz uçun Osiyo kubogiga tayyorgarlikning muhim bosqiçi hisoblanadi.
Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida şaxmat böyiça ötayotgan “2nd President's Cup of the Republic of Tajikistan 2026” musobaqasida 16 mamlakatdan 256 nafar şaxmatçi qatorida Özbekiston terma jamoasining 51 nafar aʼzosi “A” va ”B” guruhlarida dona suradi.
Umumiy mukofot jamğarmasi 50 ming AQŞ dollaridan iborat turnirning “A” guruhi uçun 38 ming 500 dollar, “B” guruhi uçun 11 ming 500 dollar etib belgilangan.
9 ta turdan iborat şaxmat musobaqalari 17-noyabrga qadar davom etadi.
Tölqin Röziyev, ÖzA