Nodirbek Abdusattorov “Total Chess World Championship Tour 2026”da qatnaşmoqda
Bugun, 10-noyabr kuni Vengriyaning Budapeşt şahrida yangi formatdagi “Total Chess World Championship Tour 2026” musobaqasi boşlanadi.
Dunyoning eng kuçli 24 nafar şaxmatçisi qatnaşayotgan mazkur öziga xos musobaqaning ilk bosqiçida iştirokçilar 9 ta turdan iborat blits bahslarida kuç sinaşadi. Uning natijalariga köra guruh bosqiçidagi tay-brek tartibi aniqlanadi.
Şundan söng, 11–15-noyabr kunlari 24 nafar şaxmatçi 6 nafardan iborat 4 ta guruhga bölinib, ikki davrali aylana tizimda “Fast Classic” formatida bahs olib boradi. Har bir iştirokçi 10 ta partiya öynaydi. Ğalaba uçun 3 oçko, durang uçun 1 oçko taqdim etiladi.
Nufuzli musobaqada Özbekiston şarafini mahoratli grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov himoya qiladi.

2026-yil noyabr oyidagi FIDE standart reytingida dunyoning 5-raqamli şaxmatçisi sifatida qayd etilgan Abdusattorov Magnus Karlsen, Uesli So, Fabiano Karuana, Alireza Firuzja, Arjun Erigaisi, Praggnanandxa kabi grossmeysterlar bilan bir maydonda bahs olib boradi.
Aytiş lozimki, mazkur musobaqa kelgusi yili mart oyida boşlanişi rejalaştirilgan “Total Chess World Championship Tour” loyihasining sinov bosqiçi hisoblanadiki, iştirokçilar kelgusida tur yakunida “FIDE World Combined Champion” unvoni uçun kuraş olib boriş imkoniga ega bölişadi.
“Total Chess World Championship Tour 2026” musobaqasi 20-noyabrga qadar davom etadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA