Gandbolçilarimiz Faysalobodda jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdi
Pokistonning Faysalobod şahrida Xalqaro gandbol federatsiyasi (IHF) tizimidagi “Men’s IHF Trophy” 3-zona xalqaro musobaqasi mamlakatimiz gandbolçilari uçun muvaffaqiyatli yakunlandi.
2027-yilgi jahon çempionatiga yöllanmalar taqdim etadigan mazkur musobaqa U-18 va U-20 yoş toifalarida ötkazilib, unda Tojikiston, Qirğiziston, Pokiston, Qozoğiston hamda mamlakatimiz vakillari ğoliblik yölida bahs olib bordi.
Eʼtiborli jihati, guruh bosqiçidagi barça uçraşuvlarda ğalaba qozongan Özbekiston terma jamoasining har ikki yoş toifasidagi gandbolçilari final bosqiçiga yöl oldi va 1-örin uçun kuraş olib bordi.

Keça “Men’s IHF Trophy” xalqaro musobaqasining final öyinida Özbekiston U-18 terma jamoasi Qozoğiston bilan röbarö keldi.
Şiddatli keçgan qarama-qarşilikda hamyurtlarimiz raqibidan har jihatdan ustun ekani öyin davomida yaqqol körinib turdi va bu natijada ham öz aksini topdi. Özbekiston-Qozoğiston- 35:18.
Turnirning U-20 terma jamoalari örtasidagi final uçraşuvida hamyurtlarimiz mezbonlar jamoasi Pokiston bilan töqnaş keldi.
Mahalliy işqibozlarning bosimi ostida ötgan öyinda Özbekiston gandbolçilari ğalabaga bölgan kuçli irodasini namoyiş etib, Pokistonni 42:32 hisobida mağlubiyatga uçratdi.
Şu tariqa, har ikki terma jamoamiz musobaqaning oltin medallarini qölga kiritiş bilan birga, 2027-yilgi jahon çempionati yöllanmalariga ham ega çiqdi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA