Jahon çempionlari tantanali kutib olindi
Xitoy va Qozoğistonda oğir atletika hamda milliy sportimiz kuraş böyiça ötkazilgan jahon çempionatlarida ğoliblikka erişgan sportçilarimiz yurtimizga qaytib kelişdi. Poytaxt aeroportida muzaffar sportçilarni kutib oliş tantanali taşkil etildi.
Xitoyning Ningbo şahrida ötkazilgan kattalar örtasidagi jahon çempionatida muvaffaqiyatli iştirok etgan oğir atletikaçilarimiz hamda Qozoğistonning Ostona şahrida 13 ta medallar şodasini qölga kiritgan kuraş böyiça Özbekiston terma jamoasi aʼzolari poytaxt aeroportida tantanali kutib olindi.

Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida sportçilarimizni kutib oliş marosimida Özbekiston Respublikasi Mudofaa, Sport vazirligi, Özbekiston oğir atletika va kuraş federatsiyasi mutasaddilari, keng jamoatçilik vakillari, vohayu vodiydan kelgan sportçilarning ota-onalari, yaqinlari iştirok etdi.
Taʼkidlanganidek, Xitoyda keçgan jahon çempionatida Akbar Jörayevning 3 ta oltin medalga sazovor bölişi, jahon rekordlarini yana bir karra yangilaganligi, kuraşçilarimizning Ostonada ötgan jahon çempionatida 9 ta oltin, 3 ta kumuş va 1 ta bronza medallariga egalik qilganligi yangi Özbekiston sportining yangi ğalabalari bardavom ekanligini yana bir karra amalda isbotladi.

-Bugungi kutib oliş marosimi har qaçongidan ham özgaça kayfiyat, ruhiyatga egaligi bilan alohida ajralib turadi. Boisi, Ostonada milliy sportimiz böyiça ötgan dunyo birinçiligida polvonlarimizning zafar quçganligi alohida eʼtirofga loyiq voqelik bölsa, Akbar Jörayevning oğir atletikaning eng oğir vaznida jahon çempionligi bilan birga yangi dunyo rekordini qayd etişi barçamizga katta ğurur va quvonç bağişladi, - deydi kutib oliş marosimida iştirok etgan farğonalik murabbiy, kuraş va belboğli kuraş böyiça tajribali murabbiy Sodiq Dehqonov.

Kutib oliş marosimida Xitoy va Qozoğiston sport maydonlarida vatanimiz sport şarafini uluğlagan sportçilarga gullar taqdim etildi, zarbof tunlar kiydirildi. Ezgu istaklar bildirildi. Kelgusi musobaqalarda yangi ğalabalar yor bölişini tilaşdi.
Eʼtiborli jihati, zamonaviy körinişda faoliyat yuritayotgan Toşkent xalqaro aeroportida ğolib sportçilarni kutib oliş tantanalari bayramga aylanib ketdi. Uning şukuhi, quvonçli lahzalari endi hududlarda, mahallalarda, oilalarda davom etadi.
Tölqin Röziyev, ÖzA