To‘rt jangda to‘rtta oltin
Xitoyning Kuinan shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo-Okeaniya Olimpiya saralash musobaqasining dastlabki kungi final bahslarida to‘rt bokschimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Xitoyning Kuinan shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo-Okeaniya Olimpiya saralash musobaqasining dastlabki kungi final bahslarida to‘rt bokschimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.Vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida Hasanboy Do‘smatov filippinlik Rogen Ladonni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
52 kilogrammgacha og‘irlikdagi charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida Shahobiddin Zoirov xitoylik Jianguan Xu ustidan g‘alaba qozondi.
Vazni 69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi final bellashuvida Shaxram G‘iyosov tailandlik Sailom Ardiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
81 kilogrammgacha vazn toifasidagi bokschilar o‘rtasida qatnashgan tajribali sportchimiz Elshod Rasulov hal qiluvchi bahsda qozog‘istonlik Adilbek Niyazimbetovni yengib, birinchi o‘rinni egalladi.
Sportchilarimiz sharafiga Vatanimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangradi.
2-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan final bellashuvlarida Yodgoroy Mirzayeva, Rustam To‘laganov va Bahodir Jalolov ringga ko‘tariladi.