«Prezident kubogi» uçun bahslar boşlandi
Poytaxtimizdagi «Olimpiya şaharçasi»da şaxmat böyiça V xalqaro «Prezident kubogi» turniriga start berildi.
Nufuzli musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan taşrif buyurgan şaxmatçilar 6-dekabrga qadar «Masters», «Open-A» va «Open-B» guruhlarida ğoliblik uçun bahs olib boradi.
Umumiy mukofot jamğarmasi 100 ming AQŞ dollarini taşkil etuvçi turnirda barça guruhlarda klassik şaxmat böyiça töqqiz turdan iborat bahslar ötkaziladi.
«Masters» guruhining dastlabki turida hamyurtlarimiz Muhammadzohid Suyarov Humoyun Begmuratov bilan, Jahongir Vohidov esa Abdimalik Abdisalimov bilan dona surdi.
Mazkur guruhda özbekistonlik şaxmatçilar bilan bir qatorda Hindiston, Germaniya, Fransiya, Ukraina va Armaniston vakillari ham öz mahoratini namoyiş etmoqda.
Xalqaro turnir mamlakatimiz şaxmatçilari uçun xorijlik raqiblar bilan kuç sinaşiş, tajriba almaşiş va sport mahoratini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-32781]
Musobaqa mamlakatimizda şaxmatni yanada ommalaştiriş, yoş isteʼdod egalarini qöllab-quvvatlaş hamda xalqaro sport aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Muhammad AMIN (surat), ÖzA