Samarqand ziyorati
Yurtimizda mehmon bölib turgan Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Dato Amarjit Singx Gili boşçiligidagi delegatsiya Samarqandga taşrif buyurdi.
Samarqand viloyati hokimi A. Boboyev bilan uçraşuvda özbekistonlik sportçilarning velosportda erişayotgan yutuqlari eʼtirof etildi. Amarjit Singx Gili keça Prezident Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşuvda xalqaro velosport ittifoqi prezidenti bilan Özbekistonda velosportni yanada rivojlantiriş va keng ommalaştiriş yuzasidan fikr almaşilganini taʼkidlandi.
Şundan söng delegatsiya Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Şohi Zinda ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va boşqa tarixiy-madaniy yodgorliklarni ziyorat qildi.
Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Özbekistonda ajdodlarimizdan meros tarixiy obidalarni asrab-avaylaş borasidagi işlarni eʼtirof etdi.
Ğ. Hasanov,
ÖzA muxbiri