«Neftçi» — Özbekiston çempioni!
Futbol böyiça Özbekiston Superligasining 29-turida Farğonaning «Neftçi» jamoasi çempionlik masalasini muddatidan avval hal qildi.
Farğonaning boş jamoasi Samarqandning «Dinamo» klubi bilan durang öynab, mavsum yakuniga bir tur qolganida mamlakat çempionligini qölga kiritdi.
«Istiqlol» stadionida keçgan uçraşuvda mehmonlar Amadu Dumbuyaning 43 va 44-daqiqalarda kiritgan gollari evaziga ikki töp farqi bilan oldinga çiqdi. Ikkinçi bölimda Jamşid Iskandarov 57-daqiqada penaltidan hisobni qisqartirdi. Uçraşuvning 90+7-daqiqasida esa yana bir penaltini aniq amalga oşirib, jamoasiga durangni taqdim etdi.
Uşbu natijadan söng «Neftçi» oçkolari sonini 65 taga yetkazdi va çempionlikni rasman taʼminladi.
Eslatib ötamiz, «Neftçi, öz tarixida yettinçi bor Özbekiston çempioniga aylandi. Farğona klubi bunga qadar 1992, 1993, 1994, 1995, 2001 va 2025-yillarda mamlakat çempionligini qölga kiritgan edi

29-turning yana bir markaziy uçraşuvida «Paxtakor» safarda «Qizilqum»ni 2:1 hisobida mağlub etdi. Toşkentliklar safida Stefen Çinedu 42-daqiqada, Zayd Tahsin esa 54-daqiqada gol kiritdi. Mezbonlardan Diyor Rahmatillayev 90-daqiqada bitta gol bilan javob qaytardi.
Bu ğalabadan keyin «Paxtakor» oçkolarini 62 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinçi örinni saqlab qoldi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA