Tibbiyotdagi özgarişlar — inson salomatligi uçun
Tibbiyotda vaqt — inson hayoti va salomatligi bilan boğliq muhim mezon. Bemorni öz vaqtida qabul qiliş, töğri taşxis qöyiş va zarur yordamni keçiktirmasdan körsatişda zamonaviy texnologiyalar hamda samarali boşqaruv tizimi alohida ahamiyat kasb etadi. Sirdaryo viloyatida soğliqni saqlaş sohasini raqamlaştiriş, tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş va aholi uçun yanada qulay imkoniyatlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan işlar ham aynan şu maqsadga qaratilgan.
Bu haqda Sirdaryo viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasida «Tibbiy xizmatlarda raqamli texnologiyalar va elektron navbat tizimlarining joriy etilişi» mavzusida taşkil etilgan press-turda ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoiy tarmoq faollariga maʼlumot berildi. Tadbirda sohadagi islohotlar, raqamlaştiriş jarayonlari, amalga oşirilayotgan loyihalar va kelgusi rejalar haqida söz yuritildi.
Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Vohid Xudoyqulov va uning örinbosari Azamat Ahmedov iştirokida ötgan muloqotda tibbiy xizmatlar sifatini yaxşilaş, zamonaviy davolaş usullarini joriy etiş, muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş yönalişlaridagi işlar atrofliça yoritildi.
Boşqarma boşliğining maʼlum qilişiça, sönggi yillarda Prezidentimiz taşabbusi bilan viloyat soğliqni saqlaş tizimida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Natijada yuqori texnologiyali tibbiy amaliyotlarni mahalliy şaroitda bajariş imkoniyatlari kengaymoqda. Ilgari bemorlar respublika yoki xorijiy klinikalarga murojaat qilişga majbur bölgan ayrim murakkab jarrohlik amaliyotlari endilikda viloyatning özida ham bajarilmoqda. Jumladan, buyrak va jigar transplantatsiyasi kabi murakkab amaliyotlarning mahalliy şifoxonalarda yölga qöyilgani bu boradagi muhim natijalardan biridir.
Viloyat tibbiyotining imkoniyatlarini yanada kengaytirişda xalqaro hamkorlikka ham ustuvor ahamiyat berilmoqda. Turkiya, Belarus, Germaniya va Qozoğiston kabi davlatlarning tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolangan. Yaqinda Turkiyaning yana ikkita klinikasi bilan kelişuvga erişilgan.
Uşbu hamkorlik doirasidagi loyihalardan biri ekstrakorporal uruğlantiriş — EKO yönalişini rivojlantirişga qaratilgan. Bu ayniqsa, farzandli böliş istagidagi, ammo tibbiy muammolar sabab qiyinçiliklarga duç kelayotgan oilalar uçun yangi imkoniyatlar yaratişi kutilmoqda. Loyihani 2027-yil boşidan amalga oşiriş rejalaştirilgan.
Şuningdek, viloyatda kattalar reabilitatsiya markazini taşkil etiş böyiça ham işlar olib borilmoqda. Markazda infarkt, insult, avtohalokat va boşqa oğir jarohatlardan keyin tiklanişga muhtoj bemorlarga ixtisoslaştirilgan yordam körsatiş közda tutilgan. Ayni paytda bunday xizmatlarga ehtiyoj yuqori. Yangi markaz bemorlarning yöqotilgan salomatligini tiklaş, kundalik hayotga qaytişi va hayot sifatini yaxşilaşga kömaklaşadi.
Bundan taşqari, viloyat kardiologiya şifoxonasi Guliston tibbiyot klasterining yangi binosiga köçirilganidan söng, uning hozirgi binosida Turkiyaning «Memorial» klinikasi bilan hamkorlikda tibbiy xizmatlarni taşkil etiş rejalaştirilgan.
Tibbiy xizmat sifati, avvalo, malakali mutaxassislarga boğliq. Şu bois şifokorlarning kasbiy salohiyatini oşiriş, ularning bilim va amaliy könikmalarini muntazam yangilab borişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yaqinda Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti rektori Habibulla Oqilov iştirokida ötkazilgan uçraşuvda viloyat şifokorlarining malakasini oşiriş böyiça kelişuvlarga erişilgan. Unga köra, mahalliy mutaxassislar respublikadagi 27 ta ixtisoslaştirilgan markaz va kafedralarda bepul bilim va tajriba orttiriş imkoniyatiga ega böladi. Şuningdek, respublikadan malakali professor-öqituvçilarni viloyatga jalb etib, joylarda nazariy va amaliy maşğulotlar ötkaziş rejalaştirilgan.
Yoş kadrlarni tayyorlaşda ham zamonaviy yondaşuvlar tatbiq etilmoqda. «Yoşlar kuni» doirasida Guliston davlat universiteti tibbiyot fakultetining 57 nafar bitiruvçi talabasiga tibbiyot muassasalari biriktirilib, dual taʼlim tizimi yölga qöyilgan. Bu orqali talabalar nazariy bilimlarini bevosita amaliyotda mustahkamlaş, iş jarayoni bilan ertaroq tanişiş va kelgusi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik köriş imkoniga ega bölmoqda.
[gallery-32600]
Press-turning asosiy mavzusi — soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş borasidagi işlar haqida boşqarma boşliği örinbosari Azamat Ahmedov batafsil maʼlumot berdi.
Qayd etilganidek, viloyatdagi köp tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar, şuningdek, markaziy şifoxonalar optik aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi internet tarmoğiga ulangan. Tibbiyot muassasalarida lokal tarmoqlar töliq örnatilgan. Bu tibbiy maʼlumotlar almaşinuvi, elektron hujjatlar bilan işlaş va yagona raqamli tizimdan samarali foydalaniş uçun zarur infratuzilmani şakllantirmoqda.
Ayniqsa, DMED axborot tizimini töliq joriy etiş uçun muassasalarni zamonaviy kompyuterlar va boşqa axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlaşga katta eʼtibor qaratilgan.
2025-yilda respublika va mahalliy byudjet mablağlari hisobidan viloyat tibbiyot muassasalariga 2 207 ta monoblok, 58 ta noutbuk, 879 ta planşet, 70 ta infokiosk, 340 ta smart-televizor, 816 ta printer va 846 ta termoprinter yetkazib berilgan.
Şu bilan birga, 412 ta etiket-printer, 685 ta 2D skaner, 200 ta veb-kamera, 234 ta PalmID qurilmasi, 19 ta avtomatlaştirilgan skaner, 263 ta Wi-Fi router, 294 ta L2 Ethernet Switch hamda axborot xavfsizligini taʼminlaşga möljallangan 147 ta Firewall Appliance qurilmasi va boşqa texnik vositalar xarid qilingan.
Jihozlaş işlari 2026-yilda ham davom ettirildi. Yilning birinçi çoragida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan 58 ta zamonaviy noutbuk, KfW banki loyihasi doirasida esa 36 ta monoblok kompyuter va 80 ta planşet ajratildi.
Bundan taşqari, Sirdaryo tumani soğliqni saqlaş bölimiga mahalliy byudjetdan 459,9 million söm mablağ yönaltirilib, uşbu mablağ evaziga 73 ta monoblok, 12 ta smart-televizor va arxiv hujjatlari bilan işlaş uçun 19 ta avtomatlaştirilgan skaner xarid qilingan. Jihozlar yangi taşkil etilgan oilaviy poliklinikalarga yetkazilgan. Şuningdek, tuman tibbiyot muassasalari uçun qöşimça 30 ta zamonaviy monoblok kompyuter sotib olingan. Bunday texnik imkoniyatlar tibbiy xizmat körsatiş jarayonlarini yagona tizim asosida boşqariş, bemorlar haqidagi maʼlumotlarni tezkor oliş, elektron navbatni taşkil etiş va tibbiyot xodimlarining iş samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda.
Press-tur iştirokçilari raqamli soğliqni saqlaş markazi faoliyati bilan ham tanişdilar. Mazkur markaz Tibbiyot xodimlari kuni arafasida, noyabr oyining ikkinçi şanba kuni foydalanişga topşirilgan edi. Uni taşkil etiş maqsadida viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi binosida quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilib, zamonaviy monitorlar, kompyuterlar va boşqa zarur texnik vositalar örnatilgan.
Umuman olganda, Sirdaryo viloyatida soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etiş va mutaxassislar salohiyatini oşirişga qaratilgan işlar özaro uyğun holda olib borilmoqda. Bu jarayonlar tibbiy xizmatlarning tezkorligi va sifatini oşiriş, bemorlar uçun ortiqça vaqt va ovoragarçilikni kamaytiriş, eng muhimi, har bir insonga öz vaqtida va manzilli yordam körsatiş imkoniyatlarini kengaytiradi. Zero, tibbiyotdagi har bir yangilanişning boş mezoni — inson salomatligi va asralgan hayotdir.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat va video), ÖzA