«Ğiştköprik» bojxona postida 45 metrlik bayroq örnatildi
Davlatimiz bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan yangidan bunyod qilingan "Ğiştköprik" çegara bojxona posti markazida Bojxona qömitasi taşabbusi bilan 45 metr balandlikdagi ustunda ulkan Davlat bayroği örnatildi.
Şu munosabat bilan taşkil qilingan tantanali tadbir davomida Davlat bayroği xalqimizning milliy ğururi, mustaqilligi, birdamligi va Vatanga sadoqatining muqaddas timsoli ekani alohida taʼkidlandi.

Qayd etilganidek, «Ğiştköprik» çegara bojxona posti davlatimiz rahbarining topşiriği asosida tubdan qayta qurilib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Uşbu çegara posti mamlakatimizning taşqi dunyoga oçiluvçi muhim darvozalaridan biri hisoblanadi. Yangidan barpo etilgan postda qator yangi imkoniyatlar yaratilib, uning ötkazuvçanlik salohiyati bir neça barobar oşirildi. Jumladan, postning bir sutkalik ötkazuvçanlik quvvati yölovçilar böyiça 30 ming nafardan 100 ming nafarga, yengil avtomobillar böyiça 600 tadan 3 mingtaga, avtobuslar böyiça esa 70 tadan 400 taga yetkazilmoqda.

Post hududi ham 6 gektardan 9 gektarga kengaytirilib, nazorat yölaklari 4 tadan 18 taga, transport vositalari uçun töxtaş joylari siğimi esa 20 tadan 200 taga oşirildi.

Uşbu çegara posti markazida hilpirayotgan yurt bayroği uşbu darvozaning yanada salobatli qiyofasiga körk bağişlab turadi, Özbekiston Respublikasining davlat ramzi sifatida har bir vatandoşimizga ğurur va iftixor bağişlaydi.
M.Komilova,
ÖzA