Ohangaronda 2 milliard dollarlik “Aqlli şahar” loyihasi amalga oşirilişi rejalaştirilmoqda
Ohangaron tumani hokimligi hamda Koreya Respublikasining NCG GROUP kompaniyasi örtasida investitsiyaviy hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumga muvofiq, Ohangaron tumanida zamonaviy raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlariga asoslangan «Aqlli şahar» (Smart City) loyihasini işlab çiqiş va amalga oşiriş böyiça hamkorlik qilişga kelişib olindi.

Umumiy qiymati 2 milliard AQŞ dollarini taşkil etuvçi uşbu yirik investitsiyaviy loyiha tumanning kelgusi taraqqiyoti, infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va aholi uçun zamonaviy yaşaş muhitini şakllantirişga qaratilgan.

Loyiha doirasida şaharsozlik va infratuzilma sohalariga ilğor texnologiyalarni joriy etiş, davlat va kommunal xizmatlar samaradorligini oşiriş, energiya resurslaridan oqilona foydalaniş hamda ekologik barqarorlikni taʼminlaş közda tutilgan. Şuningdek, sunʼiy intellekt va raqamli boşqaruv yeçimlari orqali hududdagi turli jarayonlarni avtomatlaştiriş, boşqaruv sifatini yaxşilaş va aholiga körsatiladigan xizmatlar qulayligini oşiriş rejalaştirilmoqda.

Loyihaning muhim yönalişlaridan yana biri — sanoat va işlab çiqariş salohiyatini kengaytirişdir. Xususan, Janubiy Koreyaning jahon bozorida öz örniga ega LG va Samsung kabi yirik kompaniyalari tomonidan işlab çiqariş korxonalarini barpo etiş ham nazarda tutilgan.
Bu esa Ohangaron tumanida zamonaviy sanoat tarmoqlarini rivojlantiriş, xorijiy investitsiyalar oqimini köpaytiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş hamda mahalliy aholi uçun qöşimça iş örinlarini taşkil etiş imkoniyatlarini kengaytiradi.
Umuman, «Aqlli şahar» loyihasi nafaqat infratuzilmani yangilaş, balki Ohangaron tumanining iqtisodiy salohiyatini oşiriş, raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş va xalqaro investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan.
Imzolangan memorandum uşbu yönalişdagi hamkorlikning dastlabki muhim qadami bölib, loyihaning keyingi bosqiçlarida uning texnik, iqtisodiy va taşkiliy jihatlarini işlab çiqiş hamda amaliy çora-tadbirlarni belgilaş nazarda tutiladi.
ÖzA