Halollik — korrupsiyaga murosasizlikning muhim omili
Bugun aholi va yoşlar örtasida halollik, adolat, qonuniylik va masʼuliyat tamoyillarini keng tarğib qiliş, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş hamda jamiyatda halollik muhitini mustahkamlaş eng dolzarb masalalardan biri.
Bu borada «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi taşabbusi bilan taşkil etilgan «Halollik marafoni: 3 soha — 1 tamoyil» şiori ostidagi tarğibot aksiyasi barça hududda keng kölamda ötkazilmoqda.
Qator oliy taʼlim muassasalari, tibbiyot maskanlari, korxona va taşkilotlar, mahallalarda ötkazilayotgan tarğibot tadbirlari davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti va davlat boşqaruviga salbiy taʼsiri, uning oldini oliş mexanizmlari, manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik kabilarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şuningdek, tibbiyot va taʼlim tizimida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş masalalari muhokama qilinmoqda.

Aksiyalarda korrupsiyaga qarşi kuraşişda nafaqat davlat idoralari, balki har bir fuqaroning masʼuliyati muhimligi taʼkidlanib, yoşlar ongida halollik, adolat va qonunga hurmat qadriyatlarini mustahkamlaş zarurligiga eʼtibor qaratilyapti. Şu bilan birga, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini oliş böyiça amaliy tavsiyalar berilmoqda.

Taʼkidlaş lozimki, mazkur taşabbus «Adolat» SDPning Saylovoldi dasturida belgilangan korrupsiyaga qarşi kuraşiş, qonun ustuvorligini taʼminlaş, davlat mablağlarining oçiq va maqsadli sarflanişi ustidan jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş kabi vazifalar bilan hamohang bölib, jamiyatda halollik va adolat tamoyillarini qaror toptirişga xizmat qiladi.
M.Komilova,
ÖzA