Tennischilarimizning g‘alabalari
Yosh tennischilarimiz Turkiya va Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan nufuzli turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashmoqda.
Yosh tennischilarimiz Turkiya va Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan nufuzli turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashmoqda.Turkiyadagi "Fyuchers" turkumiga kiruvchi musobaqada iste’dodli tennischimiz Jo‘rabek Karimov birinchi turda shvetsiyalik Patrik Bridolfni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Jo‘rabek rossiyalik Kirill Dmitriyev bilan hamkorlikda juftlik bahslarini ham muvaffaqiyatli boshladi. Ular dastlabki davrada braziliyalik Pedro Bernardi va gvatemalalik Kristofer Dias-Figeroani mag‘lubiyatga uchratdi.
Qozog‘istonda davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqaning yakkalik bahslarida umidli tennischi qizlarimiz Yasmina Karimjonova, Milana Maslenkova, Olesiya Kim, Yuliya Kim birinchi davrada g‘alaba qozondi.