Taşqi diplomatiya
ÖzA uşbu ruknda Özbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elçixona va konsullik markazlari faoliyati bilan yaqindan taniştiriş orqali iqtisodiy diplomatiyani yuksaltiriş yölida olib borilayotgan işlarni tahlil qilişda davom etadi.

Şotlandiya. Özbekiston elçisi Ravşan Usmonov “Baillie Gifford” investitsiya kompaniyasi boş ijroçi direktori Tim Kempbell bilan uçraşdi. Muloqot davomida Özbekistondagi xususiylaştiriş jarayonida kompaniya iştirokini taʼminlaş, sarmoya jalb qiliş hamda mamlakatimizning xalqaro kapital bozoriga çiqiş istiqboli muhokama qilindi. Şuningdek, “UzNIF”ning London fond birjasidagi ilk aksiya ommaviy taklifi (IPO) natijasi yuqori baholanib, uşbu xorijiy jamoa respublikamizdagi umidli investitsiya loyihalarida faol iştirok etişga qiziqiş bildirdi.

Germaniya. Elçi Dilşod Ahatov “Henkel” xalqaro kompaniyasi vitse-prezidenti T.Arnold de Almeyda bilan uçraşdi. Muloqot davomida kompaniyaning yurtimizdagi faoliyati kölamini kengaytiriş, mamlakatimizda maişiy kimyo va isteʼmol mahsuloti yaratişni yölga qöyiş hamda mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Özbekiston – Ömon. Ikki davlat örtasida “yaşil” energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça yangi kelişuv imzolandi. Bitimga muvofiq, Farğona viloyatida quvvati 500 MVt quyoş foto elektr stansiyasi qurilişi rejalaştirilgan. Loyihani amalga oşiriş uçun 350 million dollar xorijiy sarmoya jalb etiladi. Majmua işga tuşgaç, yiliga 1 milliard kVt/soat elektr toki işlab çiqarilib, 250 million kub metr tabiiy gaz tejaladi. Şuningdek, Ömonning “Voltamp Energy” kompaniyasi bilan hamkorlikda transformator uçun maxsus ötkazgiç tayyorlaş hamda Toşkent viloyati Ohangaron tumanida yuqori kuçlanişli transformator zavodi qurişga kelişildi.

Polşa. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi raisi Abduvaqqos Rafiqov boşçiligidagi delegatsiya Polşa energetika vaziri Miloş Motika bilan uçraşdi. Muloqot davomida energetika xavfsizligi, atom energetikasini rivojlantiriş, kiçik modulli reaktor texnologiyasi hamda texnik nazorat sohasida hamkorlik kölamini kengaytiriş zarurligi maʼqullandi.

Varşava şahrida 19-21-noyabr kunlari ötayotgan «ITTF Warsaw-2026» xalqaro turizm körgazmasida Özbekistonning uşbu mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elçisi Amirsaid Aʼzamxöjayev ham iştirok etdi. Körgazma doirasida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi va mamlakatimizning yetakçi turoperatorlari öz stendi orqali respublikamizning sayyohlik va aviatsiya salohiyatini namoyiş etmoqda. Xususan, 2027-yil 5-apreldan yölga qöyilişi rejalaştirilgan Toşkent – Varşava – Toşkent havo qatnovi tarğib qilinmoqda.
Fardona Yaxşiboyeva, ÖzA