Möyqalam sohibining betakror olamiga sayohat
Ranglar jilosi va çizgilar uyğunligi orqali inson qalbiga yöl topa oladigan ijodkorlar sanoqli. Ana şunday öziga xos dastxatga ega rassom, Özbekiston Badiiy ijodkorlar uyuşmasi aʼzosi Erkin Orolning navbatdagi körgazmasi oçildi.
Poytaxtimizda oçilgan uşbu şaxsiy körgazma tomoşabinlarga kundalik taşvişlardan biroz uzoqlaşib, gözallik va erkin tafakkur olamiga şönğiş imkonini berdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar mamlakatimizda tasviriy va amaliy sanʼatni rivojlantiriş, ijodkorlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, milliy madaniyatimizni dunyo miqyosida keng tarğib etiş borasida tizimli işlar amalga oşirilayotganini taʼkidladi. Rassom Erkin Orolning ijodiy izlanişlari, asarlaridagi ranglar uyğunligi va falsafiy teranlik alohida eʼtirof etildi.
[gallery-32632]
Qayd etilganidek, Erkin Orol 1976-yilda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutini tamomlagan. Musavvir öz ijodida portret, manzara va natyurmort janrlariga alohida urğu beradi. Uning asarlarida ona yurt tabiatining betakror gözalligi, xalqimizning boy maʼnaviy merosi, asriy anʼana va milliy qadriyatlarimiz öziga xos badiiy talqinda namoyon böladi.
«Erkin olam» ekspozitsiyasidan joy olgan rangtasvir asarlari tomoşabinni tafakkur qiliş, borliq gözalligini teran his etişga çorlaydi. Har bir polotnoda ijodkorning qalb keçinmalari, Vatanga muhabbat va hayotga bölgan çeksiz mehr-muhabbati aks etgan.
Uşbu ekspozitsiya milliy tasviriy sanʼatimiz rivojiga munosib hissa qöşişi bilan birga, yoş ijodkorlar uçun ham öziga xos mahorat maktabi vazifasini ötaydi.
Gulnoza Boboyeva,
Oybek Pardayev (surat),
ÖzA